Breaking News

Saudiya Arabistoni bir necha milliard dollar qarz olmoqchi


Fors ko'rfazi davlatlari moliyaviy qiyinchilikka yuz tutmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:39 0:00

Saudiya Arabistoni bir necha milliard dollar qarz olishga hozirlanmoqda. So'nggi yillarda neft narxining keskin tushib ketishi oqibatida nafaqat Riyod, balki mintaqaning boshqa neftga boy mamlakatlari ham moliyaviy qiyinchiliklarga yuz tutmoqda.

Neftdan oldin marvarid bor edi. O'tgan asrning 30-yillarigacha Bahrayn deyarli faqat qimmatbaho toshlar eksporti orqali kun ko'rgan. Hozir hukumat yana eski mol savdoni qayta tiklamoqchi. Ammo faqat bu emas.

"Ushbu loyiha ortida asosiy maqsad marvaridlarni Bahrayn uchun yana barqaror iqtisodiyot manbasiga aylantirish", - deydi rasmiy Nura al-Sayeh.

Tahlilchilar fikricha, Bahrayn iqtisodiyotini rang-baranglashtirishi lozim. Neft narxi 2014-yil 120 dollardan hozir 40 dollarga tushib qolgan. "Mody's" reyting agentligi Bahrayn iqtisodiyotiga berilgan bahoni ham pasaytirdi.

"Kelasi ikki yilda Ummon va Bahraynda katta moliyaviy qisqarishlar yuz beradi. O'sish esa juda zaif bo'ladi. Bundan tashqari, har ikki davlatda siyosiy muammolar bor", - deydi tahlilchi Jeyson Tuvey.

Saudiya Arabistoni jami daromadining 80 foizi neftdan keladi. Ammo o'tgan ikki yilda bu daromad ikki barobar qisqardi. Hukumat 15 foizlik defitsitga kirishi va bankdan sakkiz milliard dollar qarz olishi kutilyapti.

Ammo mamlakat jiddiy xavf ostida emas, deydi Tuvey.

"O'tgan o'n yilda, neft qimmat bo'lgan paytda saudiylar kerakli zaxirani jamlab olgan. Hozir narxlar tushgan paytda shuning hisobiga Rossiya va Nigeriya kabi boshqa davlatlarga qaraganda kuchliroq holatda", - deydi u.

OPEKning yetakchi a'zosi sifatida Saudiya Arabistoni ishlab chiqarishni kamaytirib, shu orqali narxni oshirishi mumkin.

Ammo oxirgi yig'inda neft eksportini hozirgi holatda qoldirishni ma'qul topdi.

"Ta'minotda kamayish bo'lishini xohlamaymiz. Ehtiyojlarni qondirishni istaymiz", - deydi Neft vaziri Ali al-Naimiy.

Tuveyga ko'ra, narxlarni oshirish aks natija berishi mumkin.

"AQShdagi neft qazib oluvchilar mahsulot hajmini oshirsa, Saudiya Arabistonining uzoq muddatli manfaatlariga putur yetadi", - deydi u.

Riyod maoshlarni qisqartirib, xususiy sektorni jonlantirishga urinmoqda. Ammo neftdan kelgan boylikka o'rganib qolgan davlat uchun bunday o'zgarishlarning amalga oshishi uzoq vaqt oladi.

XS
SM
MD
LG