Breaking News

Saudiya Arabistoni Iroq bilan chegaraga 30 ming askar jo’natdi


Saudiya Arabistoni kuchlari
Saudiya Arabistoni kuchlari

Saudiya Arabistoni va Iroq o’rtasida 800 kilometrlik umumiy chegara bor. Shuning yarmi jangarilar nazoratidagi hududga qo’shni.

Saudiya Arabistoni Iroq bilan chegaraga 30 ming askarini safarbar etgan. Qirollik shu bilan sunniy jangarilar ehtimoliy hujumi oldidan chora ko’rayapti. Iroq qurolli kuchlari chegaradagi postlarini tashlab qochgani haqidagi xabarlar ketidan Saudiya rasmiylari himoyani oshirdi.

Mahalliy matbuotda paydo bo’lgan videoda iroqlik minglab askarlar chekinayotganini ko’rish mumkin. Lekin Iroq qo’mondonlari bu ma’lumot soxta, deydi.

“Iroq va Shon islomiy davlati” nomli jangari guruh hafta boshida Iroq va Suriyaning bir necha shahrida xarifalik e’lon qilgan edi.

Saudiya Arabistoni va Iroq o’rtasida 800 kilometrlik umumiy chegara bor. Shuning yarmi jangarilar nazoratidagi hududga qo’shni.

“Iroq va Shom islomiy davlati” jangarilari Saudiya Arabistonida ham o’rnashgani aytiladi. May oyida shulardan 62 nafari ushlangan edi. Riyod ko’chalarida sunniy jangarilarni qo’llab-quvvatlovchi, ularning safiga jalb qiluvchi shiorlarni ko’rish mumkin.

Amerikalik tahlilchi Teodor Karasik nazarida nafaqat Saudiya Arabistoni, balki Quvayt va Iordaniya ham xavf ostida. Chunki jangarilar sunniy aholining ishonchini tez qozonayapti, deydi olim.

Amerika rahbari Barak Obama chorshanba kuni Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla bilan telefonlashib, jangarilar tahdidi haqida fikrlashgan edi.

Iroqda Kurdiston muxtoriyati prezidenti mustaqillik masalasini referendumga qo’yishga chaqirmoqda. Masud Barzaniy parlamentga murojaatida mamlakat tadqirini mustaqil, begonalar aralashuvisiz hal qilgan payt keldi, dedi.

Prezident qonunchilardan referendumni tashkil qilib, saylov sanasini belgilashni so’radi.

Kurdiston parlamenti yig’inidan bir necha kun oldin Iroqda yangi parlamentning ilk yig’ilishi o’tkazilgan edi. Mamlakatda Bosh vazir Nuri al-Malikiyga qarshilik tobora kuchayib borayapti va partiyalar Malikiyni ketishga, o’rniga yangi bosh vazirni tanlashga chaqirmoqda. Malikiy ishdan ketmoqchi emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG