Qo’shma Shtatlar Saudiya Arabistonini siz bizning Yaqin Sharqdagi eng yaqin va ajralmas hamkorimizsiz deya ishontirishga urinmoqda.
Qirollik yaqinda BMT Xavfsizlik Kengashiga kirishdan bosh tortib, AQShning mintaqadagi siyosatini tanqid qilgan edi.
Saudiya Arabistoni, 1945-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga asos solgan davlatlardan biri, Xavfsizlik Kengashidan joy olish uchun ikki yildan buyon harakat qilib kelayotgan edi. O’tgan oy bu maqsadga erishdi ham.
Ammo keyin nima bo’lgani hammani gangiratib qo’ydi, deydi siyosatshunos Frederik Veri.
“Shuncha sa’y-harakatdan keyin va Saudiya Arabistoni elchisi ularga kengashdan o’rin berilganidan mamnun ekanini aytib turganda, qirol Abdulla bu imkoniyatdan voz kechdi”, - deydi Veri.
AQShning BMTdagi sobiq elchisi Jon Bolton izohicha, Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a’zosi bo’lishga erishib, keyin undan voz kechilgan holat tarixda bo’lmagan.
“Nyu-Yorkda, xalqaro tashkilot bosh idorasida rosa to’polon bo’ldi, diplomatlar shokda”, - deydi sobiq rasmiy.
Saudiya Arabistoni kengashni o’z vazifalarini bajara olmayotgan tishsiz va zaif bir organ deb qoralagan. Bunga misol sifatida Falastin-Isroil mojarosi va Suriyadagi fuqaro urushi keltiriladi.
2000-yillarda BMT bosh kotibiga maslahatchilik qilgan Maykl Doyl fikricha, bu tanqidlar aslida Qo’shma Shtatlarga qaratilgan.
“Parda ortida shunday gaplar yuribdi. Qirollik AQShning Yaqin Sharqda olib borayotgan siyosatidan, uning manfaatlari inobatga olinmayotganidan norozi”, - deydi Doyl.
Riyodda xavotir shuki, Obama ma’muriyati Eronning yadro dasturini bir yoqlama qilish uchun bu davlat bilan murosaga borishga tayyor. O’rtada boshqa munozarali masalalar ham bor, masalan Misr.
“AQSh Husni Muborakdek azaliy ittifoqchisidan bir zumda voz kechganidan tortib, bugungi harbiy boshqaruvni quvvatlamayotganigacha. Bundan tashqari, Riyod nazarida Amerika Suriya bo’yicha lafzidan qaytdi, masalani BMTga oshirib undan qutuldi”, - deydi Frederik Veri.
Lekin olim fikricha azaliy ittifoqchilar o’rtasidagi sovuqlik vaqtinchalik.
“Saudiya Arabistoni oldida qanday muqobil variant bor? Gapning po’skallasini aytganda, Erondan himoya va al-Qoidaga qarshi kurashda real hamkorlikni faqat AQSh ta’minlay oladi. Janjal davom etayotgan bir mahalda Amerika Arabistonga 60 million dollarga teng qurol-aslaha yetkazib berdi”.
Ziddiyatni yumshatish uchun AQSh Davlat kotibi yaqinda Riyodga safar qilib, qirol Abdulla bilan muloqot qildi. Tomonlar jurnalistlarni hammasi joyida, regionda har doimgidek bamaslahat ish tutamiz deya ishontirdi.