Breaking News

Saudiya Arabistoni: Xotin-qizlar qanday erkinliklarga ega va ega emas?


Maxsus hay'at bir oy ichida ishlab chiqqan dasturga ko'ra, Saudiya Arabistoni xotin-qizlari kelasi yilning iyun oyidan mashina haydashi mumkin. Haydovchilik guvohnomasiga hujjat topshirish uchun ularga erkak kishining ruxsati kerak bo'lmaydi.

O'zini islom olamining yuragi deb hisoblovchi qirollik jinsiy erkinlik jihatdan dunyodagi eng oxirgi o'rinlarda.

Xo'sh, Saudiya Arabistonida hozirgi zamonda ayollar nima qila oladi va nima qila olmaydi?

Erkinliklar

- Mahalliy saylovlarda ovoz berishi mumkin

- Faqat ayollardan tashkil topgan maxsus Maslahat Kengashiga saylanishi mumkin

- Oliygohlarda bilim olishi mumkin

- Sport bilan shug'ullanishi mumkin

Taqiqlar

- Erkaklar ruxsatisiz oila qurmaydi, ajrashmaydi, sayohat qilmaydi, o'z hisob raqamiga ega bo'la olmaydi, ishlay olmaydi yoki tibbiy muolaja ololmaydi

- Erkaklar ruxsatisiz pasport yoki guvohnoma ololmaydi

- Begona erkakka yaqin yura olmaydi, nomahram erkak bilan muomala qila olmaydi

- Qora rangli abaya (yopinchiq) kiymay ko'chaga chiqa olmaydi

- Yolg'iz holda biror muassasaga biror masala bilan kirolmaydi

- Bolali holda ajrashgan bo'lsa, o'g'li 7, qizi 9 yoshdan oshgach, farzandlar otasiga o'tadi

- Mulkka egalik qilish cheklangan. O'g'ilga berilgan mulkning yarmiga teng miqdorda meros belgilanishi mumkin

- Restoranlarda faqat xotin-qizlar uchun ajratilgan qismga, ya'ni oilaviy o'tirish joyiga kirishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG