Breaking News

O'zbekiston, Amerika olim, rasmiylari Toshkentda yig'ildi


Qo'shma komissiya ishida bosh mavzular - qishloq xo’jaligi, muqobil energiya manbalari va tibbiyot.

O’zbekiston va Amerika olimlari, hukumat hamda nodavlat tashkilotlar vakillari joriy hafta Toshkentda qo’shma komissiyaning birinchi majlisini o’tkazyapti (5-7-may).

Bosh mavzular - qishloq xo’jaligi, muqobil energiya manbalari va tibbiyot.

Bu 2010-yilda o'shandagi davlat kotibasi Xillari Klinton va bosh vazir muovini Rustam Azimov imzolagan hujjatning davomi.

Amerikalik taxminan 30 olim, tadqiqotchi, hukumat va nohukumat sektor a'zolari shu sabab hozir Toshkentda.

O'zbekistondan chamasi 60 nafar ilm-fan kishisi, muallim va davlat odami qatnashayotgani ma'lum.

Qo'shma komissiya klinikalar, Geonomika va Bioinformatika markazi, Parkent Quyosh Instituti kabilarda borib ish bilan tanishadi, deya bildiradi Amerikaning O'zbekistondagi elchixonasi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG