Breaking News

O'zi yuradigan mashinalar qachon muomalaga kiradi?


Aksariyat ekspertlar nazarida o'zi yuradigan mashinalar tez orada muomalaga kirishi aniq. Biroq bunga shubha bilan qaraydiganlar kam emas.

Yirik avtomobilsozlar va texnologiya kompaniyalari bunday vositalarni sinashni boshlab yubordi. Lekin odamdan farqli ravishda mashina murakkab vaziyatdan chiqib ketishi qiyin.

Bu fikr ilk bor 1930-yillarda paydo bo'lgan. Kompyuter texnologiyasi va murakkab texnika narxi oxirgi yillarda keskin tushdi-yu, eksperimental mashinalar nihoyat ko'p sonda ishlab chiqila boshladi.

Ekspertlar bir masalada hamfikr: o'zi yuradigan, arzon avtomobil sotuvga chiqishi aniq. Lekin buning ustida hali ishlash kerak.

Pittsburgdagi Karnegi Mellon universiteti olimlari "Kadillak" rusumidagi mashinani sinamoqda. Avtomobil aeroportga yetaklovchi kattagina masofani bemalol, buzilishsiz bosib o'tgan.

Ammo tadqiqot qatnashchisi, olim Raj Rajkumar nazarida gavjum shahar ko'chalariga bu mashinani qo'yishga hali erta.

"Universitet tevaragida traffik juda gavjum bo'ladi. Atrofda odam, velosipedchilar ko'p. Boz ustiga, ko'plar svetoforga qaramay yo'lni kesib o'tadi", - deydi professor.

Har yili avtohalokatlarda bir milliondan ziyod odam o'ladi. 15 million kishi jarohatlanadi. Halokatlarning 90 foizida odamlar aybdor. Mutaxassislarning aytishicha, o'zi yuradigan mashinalar halokatlar sonini keskin kamaytiradi. Chunki bu avtomobillar qoidaga amal qiladi, qizil chiroqda o'tmaydi.

"Audi", "Tesla", "Mersedes" va boshqa firmalar hozirdayoq rulni o'zi boshqaradigan, boshqa mashina bilan to'qnashuvga yo'l qo'ymaydigan avtomobillarni chiqara boshladi.

Muammo shundaki, o'zini-o'zi boshqaradigan avtomobilga inson ishona boshlashi kerak.

Xalqaro hayot - 1-iyul, 2016-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:02 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG