Breaking News

Sobiq rasmiy: General Flin haqida Oq uy oldindan ogohlantirilgan


Xalqaro hayot - 9-may, 2017-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:01 0:00

Milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchi Maykl Flin Rossiya elchisi bilan uchrashuvi haqida Vitse-Prezident Mayk Pensni aldagani matbuotda fosh qilingach, Prezident Donald Tramp uni ishdan haydadi. Sobiq AQSh adliya vaziri vazifasini bajaruvchi Salli Yeytsning aytishicha, u Flin Rossiya tomonidan shantaj qilinishi mumkinligi haqida Oq uyni oldindan ogohlantirgan.

"Vitse-prezident va boshqalar Amerika xalqiga o'zlari yetkazayotgan ma'lumotning to'griligini bilishga haqli edi. General Flin nimalar qilganini, vitse-prezidentga yanglish ma'lumot berganini rossiyaliklar ham bilardi", - deydi Yeyts.

"Bu esa milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchining rossiyaliklar tomonidan shantaj qilinishiga imkoniyat yaratadi", - deya qo'shimcha qiladi u.

Oq uy rasmiylari Yeytsning ogohlantirishini o'z vaqtida jiddiy qabul qilmagan.

Senatdagi tinglovdan bir necha soat oldin ommaviy axborot vositalari sobiq prezident Barak Obama ham Trampni Flin haqida ogohlantirgani haqida yozdi. Oq uy bu ma'lumotni tasdiqladi.

"Prezident Obama general Flinni uncha yoqtirmasligini ma'lum qildi. Agar u general Flin haqida shunchalik xavotirda ekan, nega bir oy oldin uning maxfiy hujjatlarni ko'rish huquqini qayta tasdiqladi?" - deydi Oq uy so'zlovchisi Shon Spayser.

Senatorlar esa mavzuga chuqurroq yondashdi.

"Siz 2016-yilgi saylov davrida Tramp jamoasidan kimdir Rossiya hukumati yoki razvedka idoralari bilan aloqa qilganiga oid birorta dalilni bilasizmi?" - deya so'radi senator Lindsi Grem.

"Aytsam, maxfiy ma'lumotni berishimga to'g'ri keladi, shu bois bu savolga javob berolmayman", - dedi Yeyts.

Ammo Rossiya AQSh saylovini nishonga olganiga shubha yo'q, deydi sobiq razvedka rahbari Jeyms Klepper.

"Agar demokratik siyosiy tuzumimizga solinayotgan tahdid haqida nimadir qilishimiz lozim bo'lsa, hozir ayni payti", - deydi u.

Klepperga ko'ra, Rossiyaning o'tgan yilgi muvaffaqiyati Moskvani AQSh va boshqa joylardagi saylovlarga yanada ko'proq aralashishga undaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG