Breaking News

Viskonsin shtatidagi otishmada yetti kishi halok bo’lgan


AQShning Viskonsin shtati, Ouk-Krik shahridagi sikhlar ibodatxonasida qurollangan shaxs olti kishini otib o’ldirgan. Politsiya bilan o’q almashib, o’zi ham o’lgan.

Vaziyat daqiqa sayin o’zgarib bormoqda.

Qutqaruv xizmati voqea haqida ertalab soat o’n-yarimlarda xabar topgan. U yerga yetib kelgan ilk politsiyachi ibodatxona tashqarisida o’qqa tutilgani aytiladi.

Ouk-Krik 30 ming aholiga ega. Buyuk Ko’llar bo’yidagi Viskonsin shtatining janubi-sharqida joylashgan.

Politsiya ma’lumotiga ko’ra, to’rt kishining jasadi ibodatxona ichida, qolganlari tashqarida topilgan. Guvohlar hujumchini 30 yoshlar atrofidagi oq tanli erkak deya ta’riflaydi.

Fojia sabablari hozircha noma’lum. Qo’shma Shtatlarda taxminan 500 ming sikhlar yashaydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG