Breaking News

Silikon sohili – yangi texnologik firmalar makoni


Silikon sohili - Los-Anjeles, Kaliforniya
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:05 0:00

Kaliforniyaning Silikon vodiysi – “Google” va “Apple” singari yuqori texnologiya kompaniyalari joylashgan, innovator va kashfiyotchilar joylashib olgan maskan. Ammo shtat janubida, Los-Anjeles shahri atrofida endi oyyoqa turayotgan kompaniyalar ham bor.

VNTANA ispanchada “oyna” degani. Los-Anjeles atrofida kurtak otayotgan ko’plab kompaniyalardan biri. Sohil bo’yida joylashgan VNTANA gologrammalar yaratadi. Ta’lim, marketing va boshqa sohalarda qo’llasa bo’ladigan hayotiy tasvirlar.

Bu texnologiya yordamida tirik odam qiyofasi yaratiladi, virtual konsertlar o’tkazish mumkin. Uni imo-ishora bilan boshqarasiz.

“Sistemani ikki kishi bir soatda yig’a oladi. Dunyoning istagan burchagiga yuborish mumkin”, - deydi kompaniya xodimi Ashli Krauder.

VNTANA kompaniyasi Gollivudga yaqin joylashgani biznes uchun ayni muddao.

Silikon vodiysi tillarda doston, lekin janubiy shaharlar ham tadbirkorlarni o’ziga jalb etmoqda.

Transport, axborot, kommunikatsiya, tibbiy izlanishlar… bu yerdagi yosh firmalarning yo’nalishi xilma-xil.

Los-Anjeles texnologiya sektori tobora kattaroq hududlarni qamrab olmoqda. Dunyodagi eng yirik va muvaffaqiyatli bizneslar joylashgan Silikon vodiysi singari bu yerda ham har yili yuzlab yangi kompaniyalar ochiladi va kashfiyotlar qilinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG