Amerika va Xitoy dunyoda iqtisodiy jihatdan eng baquvvat davlatlar va eng yirik hamkorlar. Shuningdek, ular doimiy raqobatda. Xitoy bugun Amerikaga ko’proq mahsulot sotmoqda.
Savdo kamomadi 320 millard dollarga yaqin. Lekin Nyu-Yorkdagi katta portdan kelayotgan xabarlarga ko'ra, vaziyat o'zgarmoqda.
Har yili Xitoy Qo’shma Shtatlarga katta hajmda mahsulot eksport qiladi, AQSh esa u tomonga kamroq. Asosiy sabab – AQShning yirik kompaniyalari o’z xarajatlarini kamaytirish uchun ishlab chiqarishni Xitoyga ko’chirgan.
Shu tufayli Amerikada ko’plar ishidan ayrildi. Lekin vaziyat o’zgaryapti, deydi Rouzmeri Kouts, konsalting firmasi xodimi.
“Sanoatini rivojlantirib, Xitoy butun dunyodan kompaniyalarni jalb qila oldi. Bu davlatda ishlab chiqarish nafaqat arzon, balki sizni xomashyo bilan ta’minlovchi firmalar ham o’sha yerda. Ammo so’nggi paytda bu jarayon teskari tus oldi. Ishlab chiqaruvchilar o’z vataniga qaytish payida”.
Jumladan, AQSh kompaniyalari ham zavodlarini vatanda qayta ochishga shay. Iqtisodchi olimaning tushuntirishicha, tovar qayerda ishlab chiqarilishi ko’p jihatdan xaridorga bog’liq.
“Masalan, Amerikaning o’zida, mahalliy xomayoshyodan tayyorlangan poyabzal 10-15 foizga qimmatroq bo’ladi. Siz xaridor sifatida shunga rozimisiz? Chet elda ishlayotgan korxonalar uyga qaytsin desak, do’konlardagi mahsulot qimmatlaydi albatta”.
“Apple” ishlab chiqaradigan telefonlar, “Dell” kompyuterlari Xitoyda tayyorlanadi va Amerikada sotiladi. Ayni damda AQShda ishsizlik darajasi 6.7 foiz. Bular har bir saylovda ko’tariladigan dolzarb mavzular.
Nyu-York universiteti professori Nataliya Levina bizneslar Amerikaga qaytayotgani ortidagi sabablarni quyidagicha tushuntiradi:
“AQShda samaradorlik yuqoriroq va bunda albatta eng so’nggi texnologiyalarning hissasi bor. Yana bir sabab – mahsulotni tezroq sotish uchun xaridorga, bozorga yaqinroq bo’lish kerak”.
Ammo Xitoy va boshqa mamlakatlarda ishchi kuchi arzon ekan, raqobatda ular ham bo’sh kelmaydi, deydi Kouts.
“Korxona ishini to’xtatib, biz ketdik Amerikaga deya olmaydi. Yangi joyda qanday infratuzilma mavjud, asbob-uskuna, innovatsion texnologiyalar, bozor – hammasini bir boshdan o’ylash kerak”.
Hozircha Xitoydan AQShga tayyor mahsulot oqib kelishda davom etmoqda. Yangi bozor hamda yangi ish o’rinlari yaratish o’zgacha yondashuv talab qiladi, deydi iqtisodchilar.