Breaking News

O’zbekistonlik ustalar: Hunarli odam kam bo’lmaydi (Maxsus reportaj)


Oktabr boshida Amerikaning Texas shtati, Xyuston shahrida sharqona bir festival o’tdi va unda o’zbekistonlik ustalar, san’atchilar qatnashdi. AQSh ahlini hayron qoldirdi ular.

Bayramga O’zbekistondan 20 kishi kelgan bo’lsa, shulardan biri rassom Faxriddin Rahmatullayev.

Rassom uzoq yillar katta xolstda ishlab o’rgangan edi. 20-yil oldin miniatyuraga o’tdi. Fahriddin Rahmatullayev ijod ahlini xulqi yumshoq, hazilkash, yaratuvchan deya ta’riflaydi. Faoliyati davomida shogirdlar tayyorladi.

“O’zim ham shogird edim. Yoshidan qat’iy nazar, kimdan nimanidir o’rgansam, shuni ustoz deb chaqirdim. O’zimdan ancha yosh yigitlardan bilim oldim. Birov ko’ksimdan itarmadi. Bu kasb egalari o’zi bosiq, yumshoqtabiat. Shogirdlarim ham shunaqa”, - deydi ijodkor.

U oldiga ilm, kasb izlab kelganga insoniylik, odamiylikni ham o’rgatishni zarur deb biladi.

Ustalar safaridan xursand. Shuncha odamni bir joyga to’plab, ko’ngliga qarashning o’zi oson ish emas. Olti davlatdan delegatsiyalarni jamlagan – “Turkuaz” kengashi, TURKSOY xalqaro tashkiloti, mahalliy turkiy jamoalar va boshqalar.

“Yo’limiz uzoq. Uch samolyotda keldik. Tashkilotchilar istagancha buyum olib kelavering desa-da, asarlarni ixcham-ixcham qilib, sanoqlisini tanladik”, - deydi Faxriddin Rahmatullayev.

Toshkentlik yosh usta Mirvoris Po’latov miniatyura dunyosiga tasodifan kirib qolgani yo’q. Otasi, aka-ukalari shu sohada mehnat qiladi.

O’zbekistonda hunarmandlar tashkiloti bor. Ishimizni taqdim etgan edik, bizni tanlab, taklif qilishdi, deydi u. Rassom ustalar davrasigaa qo’shilib, dunyo ko’rayapti.

"Orzuim – shu kasbim bilan jahonni kezib chiqish”, - deydi u.

Ishning murakkab-yengil ekani hajmda emas, deydi yosh rassom. Qog’oz, qalam, uslub – hammasini inobatga olish kerak.
O'zbekistonlik ustalar: Hunarli odam kam bo'lmaydi/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:37 0:00
Yuklab oling


“Masalan, mana bu ikki ishni oling. Biri kattaroq, biri kichikroq. Lekin kichkina ko’ringani bilan aynan shunisi qiyin. Deylik, ishlash uchun maydon kam, qog’ozi juda nafis. Bu qog’ozlarning ham o’z tarixi bor. Qadim kitoblarda e’tibor bersangiz, oldi va orqasida kamida beshta bo’sh sahifa qoldirilgan. Restavratsiya paytida xuddi shunaqa qog’oz qo’llashsin, deb qilingan ish bu”, - deydi Mirvoris.

Mirvoris Po'latov raqobatga ishonadi. “Shunda odam o’sadi”, - deydi u.

Rassomning aytishicha, O’zbekistonda bu kasbda ayollar kam emas. Singlimga ham ravo ko’rar edim shu ishni, deydi.

“Lekin aksariyat ayollar uy-sharoitida ishlaydi faqat”, - deydi u.

“Muhimi maza qilib ishlaysiz. Biror ishni tugatgandan keyin uning huzurini ustadan boshqa hech kim bilmaydi”, - deydi toshkentlik musavvir.

Texasda Ipak Yo'li festivali, o'zbek hunarmandlar/Sild Road festival in Texas
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:05 0:00
XS
SM
MD
LG