Breaking News

Poroshenko: Slavyansk Ukrainaniki


Slavyansk, Donetsk, 4-iyul, 2014
Slavyansk, Donetsk, 4-iyul, 2014

Ukrainaning sharqiy shahri Slavyanskda kecha armiya bo’lginchilar ustidan g’alaba qozonganini e’lon qilgan edi.

Bugun prezident Petro Poroshenko u yerda Ukraina bayroqlari osilsin deya buyurgan.

Shahar butkul markaziy hukumat nazoratida, deydi prezident.

Lekin bo’lginchilar buni inkor etmoqda. Kiyev separatistlarni muzokara stoliga chaqirgan lekin javob yo’q.

Yevropa Ittifoqi mojaroga barham berishda faollikni oshirishga urinmoqda. Blok tashqi ishlar vazirasi Ketrin Eshton Ukraina rahbari bilan gaplashgan. Poroshenkoning asosiy gapi shuki, Kiyev tinchlik istagan tomonlar bilan murosa qilishga tayyor. Biroq mamlakat biror hududini boy bermaydi. Territorial yaxlitlik saqlanadi, deydi prezident.

AQSh va Yevropa Ittifoqi, ma’lumki, bu pozitsiyani quvvatlab keladi. Har ikkisi mojaroda Rossiyani ayblaydi. Kreml bo’lginchi kuchlarni qurol bilan ta’minlab, ularni moylashni to’xtatmasa, deydi diplomatlar, yangi sanksiyalar qo’yiladi.

Moskva esa Ukrainada vaziyatning izdan chiqqanida G’arbni aybdor deb ko’radi. Kiyev bilan ularsiz muloqot qilish niyatida ekanini bildirmoqda.

Poroshenko esa G’arb davlatlari Ukraina uchun muhim hamkorlar ekanini ta’kidlab, ular ishtirokida ham, ularsiz ham, davlat pozitsiyasi o’zgarmasligini aytmoqda.

Poroshenko 20-iyun kuni Slavyanskka borgan edi
Poroshenko 20-iyun kuni Slavyanskka borgan edi

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG