Breaking News

Smitson muzeyida fuqarolik qasamyodi


Yangi fuqarolar
Yangi fuqarolar

Vashingtondagi Smitson instituti, o’nlab muzey va tadqiqot markazlarini boshqaruvchi tizim, har yoz Amerika poytaxtida festival o’tkazib, jahon ahli e’tiborini o’ziga qaratadi. Bu safargi tadbirda immigratsiya ham diqqat markazida. Mustaqillik kuni munosabati bilan 25 bola fuqarolikni qabul qildi, keng omma guvohligida.

Vashingtonda jazirama yoz lekin markaziy xiyobon odamga to’la, jumladan muhojirlarga.

Yosh immigrantlar Amerika pasportini qo’lga olish arafasida.

12 yoshli Sara Kolumbiyadan. Smitson instituti ularni bu tadbir uchun tanladi.

Onasi Ana Mariya faxr bilan kuzatib o’tirdi.

“Naqadar ajoyib imkoniyat. Fuqarolikka bunday tarzda kiramiz deb kim o’ylabdi, deysiz. Faqat bolalar uchun… Hammamiz uhcun unutilmas kun”.

Smitson institute yarim asrdan beri shunday festival o’tkazadi. Odatda mavzu – xalq og’zaki ijodi. Lekin bu yil yangi amerikaliklar ham e’zozda.

Har yili minglab immigrantlar AQSh fuqarosiga aylanadi
Har yili minglab immigrantlar AQSh fuqarosiga aylanadi

AQSh Immigratsiya xizmatidan Kim Zanotti qasamyod marosini boshqardi. Amerika orzusiga erishish hammaga ham nasib etavermaydi, deydi u.

“Endi bu bolalar to’laqonli amerikaliklar. Men singari shu yerda tug’ilib katta bo’lgan odamar fuqarolikni ba’zida qadrlamaymiz, uning ahamiyati esdan chiqadi. Bu bolalar endi saylovda qatnashishi, o’z nomzodini qo’yishi, sud hay’ati a’zosi bo’lishi, Amerika pasportini olib dunyoning istagan burchagiga bemalol borib kelishi mumkin. Xalqimizning yangi bo’lagi bu avlod. Hayoti oldinda”, - deydi Zanotti.

Bolalar uchun yangi hayot AQSh mustaqilligining 241-yilida boshlanayotgani ayniqsa qiziq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG