Filadelfiyaga sayohat/Philadelphia, USA
Bugun biz Filadelfiyadamiz. Pensilvaniya shtatining eng yirik shahri va umuman bu davlatning sharqiy qismida Nyu-Yorkdan keyin ikkinchi eng yirk shahar. Bir yarim milliondan oshiq aholiga ega. Lekin Filadelfiya - yirik metropolis. Atrofidagi bir necha tumanlarni ham qo'shsak, olti million bu shahar hisobiga kun ko'radi. Filadelfiya nomi grekchadan olingan bo'lib, birodarlik, birodarlarga xos mehr-muhabbat degan ma'noni beradi. Aslida Filadelpfiya Amerikaning birinchi shaharlaridan. Bu zamin Britaniya mustamlakasi bo'lgan paytlarda Filadelfiya Londondan keyingi ikkinchi katta markaz hisoblangan. Amerika Qo'shma Shtatlari degan davlat vujudga kelgunicha esa Filadelfiya poytaxt shahar hisoblangan. 1776-yilda Mustaqillik Deklaratsiyasi shu yerda qabul qilingan. Bu yer juda muhim siyosiy voqealarga guvoh bo'lgan. 19-asrdan boshlab Filadelfiya sanoat markaziga aylanadi. Yevropadan ko'chib kelgan aholi uchun bu yer imkoniyatlar makoni edi. 20-asrning birinchi yarmida bu yerda italyan va greklar katta sonda o'rnashadi. 1950-yillarga borib esa Filadelfiya qora tanlilar suyangan shahar sifatida oyoqqa turadi. Qullikdan keyingi davrda ko'plab afro-amerikaliklar Filadelfiyadan non va panoh topgan. Fuqarolik huquqlari va tenglik talab qilib, irqchilik qarshi bosh ko'targanlar Filadelfiyadan turib, hukumatni adolatni ta'minlashga chaqirgan. Bugun Filadelfiyaning yillik yalpi ichki mahsuloti 388 milliard dollarga teng. Qiyos uchun keltiradigan bo'lsak, O'zbekistonniki yiliga 45 milliard, Qirg'izistonniki esa 6 milliard dollar.
Shu mavzuda
Siz uchun
-
Dekabr 21, 2024
Elektromobil sanoati Tramp ma'muriyatidan nimalarni kutmoqda?
-
Dekabr 21, 2024
Lola Karimovaning Toshkentdagi ko'rgazmasi
-
Dekabr 20, 2024
Baydendan Trampga: Oq uydagi yangilanish qanday kechadi?
-
Dekabr 19, 2024
Xalqaro hayot - 18-dekabr, 2024 - Suriya, Erdog'an, Ilon Mask