Breaking News

Amerika istiqlolning 238 yilligini nishonlayapti


Erkinlik, tenglik g’oyasi mustahkam demokratik mamlakatni barpo etib, o’ziga to’q o’rta qatlamni oyoqqa turg’izishga yordam berdi, dedi Barak Obama.

Qo’shma Shtatlarda bugun mustaqillik kuni. Istiqlolning 238 yilligi bayram qilinayapti.

Prezident Barak Obama xalqni ayyom bilan muborakbod etib, davlat asoschilarini yodga oldi: dehqonlar, tadbirkorlar, shifokor, advokat, ruhoniy va olimlardan iborat bu guruh 1776-yilning 4-iyulida Mustaqillik deklaratsiyasini ma’qullagan.

Bu insonlar har xil sinf, soha vakillari edi, biroq ular mushtarak g’oya bilan yongan, tenglikni qadrlovchi, adolatli yurt yarata olishiga ishongan.

Har bir inson yashashga, ozodlikka, baxt uchun kurashishga haqli, deyiladi Mustaqillik deklaratsiyasida.

Bu qadriyatlarga Qo’shma Shtatlar urush, tushkunlik, tinchlik va farovonlikda birday amal qilib yashab keladi, deydi Barak Obama.

Erkinlik va tenglik g’oyasi mustahkam demokratik mamlakatni barpo etishga, o’ziga to’q o’rta qatlamni oyoqqa turg’izishga, qudratli armiyani shakllantirishga yordam berdi, dedi Oq uy rahbari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG