Rossiya Federal migratsiya xizmati rasmiysiga ko’ra, AQSh Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden Moskvaning Sheremetyevo aeroportida qoladi. Qo’shma Shtatlar Snoudenni josuslikda ayblar ekan, uni o’lim jazosiga mahkum etmaslikka so’z bermoqda. Biroq Rossiya rasmiysining aytishicha, sobiq josus Moskva aeroportida o’zini ancha xavfsiz his qiladi.
AQSh Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden Rossiyada vaqtincha boshpana olishga umid qilar ekan, Sheremetyevo aeroportida bir oydan oshiq vaqtdan beri o’tiribdi.
Snoudenning advokatiga ko’ra, uning boshpana haqidagi arizasi Rossiya Federal migratsiya xizmati tomonidan ko’rib chiqilmoqda.
Vladimir Volox bu idora vakili. Uning aytishicha, Snouden aeroportni tark etsa, Rossiya uning xavfsizligiga kafolat bera olmaydi.
"Snouden xalqaro qidiruvda ekan, uning Rossiya bo’ylab bemalol yurishi to’g’ri fikr emas. Hozir u uchun eng xavfsiz joy bu aeroportning tranzit zali yoki Federal migratsiya xizmati belgilagan joylar", - deydi Volox.
AQSh adliya vaziri Erik Xolder rossiyalik hamkasbiga yo’llagan maktubida Snoudenni Amerikaga topshirishni so’rab, unga nisbatan oliy jazo qo’llanilmasligiga kafolat bergan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Snoudenni erkin inson deb, uni ekstraditsiya qilishdan bosh tortib keladi. Sobiq josusning advokatiga ko’ra, Snouden Rossiyada vaqtincha qolishga umid qilmoqda.