Breaking News

Snouden Rossiyaga kirishga ruxsat oldi


Venesuela elchixonasiga kiraverish. Lotin Amerikasidagi bu davlat Snoudenga boshpana berishga rozi.
Venesuela elchixonasiga kiraverish. Lotin Amerikasidagi bu davlat Snoudenga boshpana berishga rozi.

Edvard Snouden Moskva aeroportini tark etib, mamlakatga kirgani aytiladi. Rossiyada bir yil qolishi mumkin.

AQSh hukumatining maxfiy kuzatuv dasturini fosh qilgan Edvard Snouden Rossiyadan vaqtincha boshpana olgan.

U Moskva aeroportini tark etib, mamlakatga kirgani aytiladi.

Snoudenning advokati Anatoliy Kucherena so’zlariga ko’ra, 30 yoshli kompyuterchi Rossiyada bir yil qolishi mumkin.

AQSh tomoni Snoudenning pasportini bekor qilgan, u bir oydan oshiq vaqt Sheremetyevo aeroportida qolayotgan edi.

Snouden vatanida josuslikda ayblanib, prezident Obama Kremldan uni ekstraditsiya qilishni so’ragan.

Amerika maxfiy xizmati sobiq xodimi Rossiyadan rasman panoh topgani ketidan Kreml-Vashington orasi yanada sovuqlashishi mumkin.

Prezident Vladimir Putin Snoudenni AQSh adliyasiga topshirishdan bosh tortmoqda.

Ikki oy oldin Edvard Snouden Amerika Milliy xavfsizlik agentligi fuqarolar kimga telefon qilgani va qaysi saytlarga kirganini yashirincha kuzatayotgani haqida matbuotni xabardor qilgan edi.

Obama ma’muriyati bu dastur terror xurujlarining oldini olish uchun zarur, deydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG