Breaking News

Ikki milliard odamning so’z ekinligini qanday nazorat qilasiz? 


Xalqaro hayot - 15-aprel, 2019
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:38 0:00

O’tgan oy Yangi Zelandiyada bir shaxs ikki masjidga hujum qilib, 50 kishini o’ldirgan edi. 28 yoshli Brenton Tarrant hujumni “Facebook” orqali jonli namoyish qilgan. Ko’rinib turibdiki, ijtimoiy tarmoqlar o’z sahifalarida bunday materiallar chop etilishini oldini olishga yoki nazorat qilishga tayyor emas. “Facebook” va “Google” kompaniyalari vakillari yaqinda qonunchilar savollariga javob berdi.

Cherkov. Sinagoga. Masjid. Oq millatchilar ijtimoiy tarmoqlarda targ’ib qilayotgan mafkura hujumlarga sabab bo’lmoqda.

“Informatsiya bir zumda uzatiladigan hozirgi zamonda, oq millatchi guruhlar global platformalar orqali diniy ozchilik guruhlarni nishonga olmoqda”, - deydi kongressmen Jerrold Nadler.

O’ng qanot ekstremistlar hujumlari AQSh bo’ylab sodir etilmoqda. Ammo muammo global tusga ega. Masalan, Yangi Zelandiyadagi otishma videosini oling.

“Videoni 1,2 million marta yuklanishdan to’xtatdik. 24 soat ichida 300 mingta videoni sahifamizdan o’chirib tashladik”, - deydi “Facebook” vakili Nil Potts.

Ommaviy otishma videolarini olib tashlash qarori qat’iy. Ammo ikki milliard odamning so’z ekinligini qanday nazorat qilasiz?

“Google” kompaniyasi vakili Aleksandriya Voldenning tushuntirishicha, nafratga asoslangan bayonotlar ko’pincha vizual emas, og’zaki bo’lgani uchun ularni darrov payqash qiyin.

"Bunday bayonotlarning vaziyatga qarab ma’nosi o’zgarib boraveradi va ko’pincha munozara uyg’otadi, chunki siyosiy nutqni hamma o’zicha tushunadi. Boshqa tomondan, haddan ziyod nazorat qilish ham muhim mavzular bo’yicha o’z fikrini bildirayotganlar ovozini o’chirishi mumkin", - deydi Volden.

Hozirda ijtimoiy tarmoqlar ularda joylashtirilgan materiallar uchun javobgar emas.

“Ana shu qonunlar borki, internet hozirgi ko’rinishda ishlab turibdi. Qonunlarni o’zgartirish bu kompaniyalar xizmatidan foydalanuvchilar uchun yomon oqibatlarga olib keladi, deb o’ylayman”, - deydi tahlilchi Metyu Fini.

Uning aytishicha, qonunlarga o’zgartirishlar kiritilib, “Facebook”, “Twitter” va “YouTube” ekstremistik materiallar uchun javobgar qilib qo’yilsa, anchagina kanallar yopiladi, o’chirib tashlanadi.

Oq millatchilikni ulug’lovchi g’oyalar “Facebook”da man etilgan. Kompaniya yaqinda taqiqni yanada kengaytirdi, bunday harakatlarni tark etishga undaydigan reklamalar bermoqda.

“Oq millatchilik va separatizmni qo’llaydigan va maqtaydigan va umuman zo’ravonlikni targ’ib qiluvchi materiallarga yopiqmiz”, - deydi “Facebook” vakili.

Trampning immigrantlar haqidagi so’zlari, 2017-yilda Virjiniyadagi qonli namoyishlarda millatchi guruhlarni ochiq ayblamagani jamiyatda nafratni kuchaytiradi, deydi demokratlar. O’tgan hafta Federal qidiruv byurosi rahbari Kristofer Rey oq millatchilikni tahdid deb e’tirof etdi.

“Kengayib borayotgan tahdid bu”, - deydi rasmiy.

Muammo shunchalik dolzarbki, “YouTube” tinglov jonli uzatilayotgan paytda sharhlar bo’limini yopib qo’ydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG