Ijtimoiy tarmoqlar, raqamli texnologiya hayotning har bir jabhasiga jadallik bilan kirib borarkan, tamaddi qilish uchun ham onlayndan foydalanadiganlar bir dunyo.
Ijtimoiy tarmoqlarda eng ko’p qo’yiladigan fotosuratlar taomlar bilan bog’liq ekanini restoran egalari darrov payqadi.
“Internet, ijtimoiy tarmoqlar ko’p narsani o’zgartirib yubordi. Hozir odamlar u yerga kirib kerakli, yoqqan hamma narsani osongina topadi. Hatto nimani qanday qilish kerakligi ham biladi”, - deydi bloger Roziya Dummer.
Birga ovqatlanish madaniyat edi. Hozirda esa u ijtimoiy tarmoqlar orqali global madaniyatning bir qismi.
Bir-biridan antiqa taomlarni ijtimoiy tarmoqlarda yoritayotganlar restoran bizneslari daromadiga hissa qo’shmoqda.
Masalan, Bankokdagi manaman degan oshxonalarning g’aroyib taomlari yoki Amsterdamdagi bir kafe menyusi.
“G’oya instagramdan. Gollandiyalik oshpazlarimizning avokadoli nafis taomlari mashhur ekan. Shunga qarab taomlarni avokado bilan bezay boshladik. Mazasi ham ajoyib. Bozorimiz chaqqon”, - deydi bu restoran menejeri Jey Grinsleyd.
Restoran nomi ham “Avokado shou”. Oshxona ochilishidan avval instagramda 36 ming muxlis yiqqan.
Bu an’ana san’at ahlini ham ilhomlantirdi. Ukrainada Prezident Donald Trampning portreti shivitdan, Londonda esa mashhur san’at asarlari shokoladdan yasalgan.
“Shokoladli suratlarni yaratish huddi bo’yoqlar bilan ishlaganday, qiyin emas. Lekin juda mo’rt, harorat va namlikka ta’sirchan bo’ladi”, - deydi usta Anish Popat.
Shokoladli portretlar Belgiyada ishlab chiqariladi. Tabiiyki, yesa bo’ladi.
“Ishlab chiqarishda maxsus 3D printerlaridan foydalanamiz. Pishiriqlarni turli ko’rinish va turli hajmda tayyorlash uchun yangicha uskunalarimiz bor”, - deydi fabrika egalaridan biri Getan Richard.
Raqamli texnologiya davrida taomlar internetda bejirim ko’rinadi lekin eng muhimi ularning mazasi.
Facebook Forum