Elektr energiyani quyoshdan olish uchun uy tomida panellar o’rnatishga hammaning ham qurbi yetmaydi. Qimmat loyiha bu. Garvard Universiteti olimlari buning arzonroq yo’lini topish ustida izlanmoqda.
Loyihani yuritishda ularga dunyoning turli burchaklaridan minglab ko’ngillilar yordam berayapti.
Quyosh panellari bugungi kunda asosan silikondan tayyorlanadi. Ularni ishlab chiqarish bag’oyat murakkab jarayon. Qo’shma Shtatlarda o’rtacha xonadon kuniga 20-24 kilovatt soat elektr energiya sarflaydi.
Agar uyingiz tomiga oftobdan quvvat oladigan batareyalar o’rnatmoqchi bo’lsangiz, loyiha 20 ming dollarga tushishi mumkin. Uzoq muddatda bu tejamli, lekin hammaning ham cho’ntagi ko’tarmaydi.
Garvard oliygohida bir guruh olimlar uglerod birikmalari asosida yangicha va arzonroq batareyalar yaratish ustida tadqiqotlar olib bormoqda. Loyiha rahbari Alan Aspuruning aytishicha, uglerodli panellar samaradorligi 10 foizni tashkil etsagina bu materialdan foydalansa bo’ladi.
“Bu degani, yaratilajak moslama quyosh nurining 10 foizini energiyaga aylantirib beradi. Bunday samaradorlikka ega molekulalar ko’p emas, hozirgacha to’rt-besh turi aniqlangan. U ham bo’lsa so’nggi bir-ikki yil ichida”, - deydi olim.
Silikondan ishlab chiqarilayotgan bugungi quyosh panellari ham yuqori samaradorlikka ega emas – taxminan 15 foiz. Bundanda ilg’or texnologiyalar bor, lekin qimmatligi sabab faqatgina sun’iy yo’ldoshlarda ishlatiladi. Uglerodli arzon batareyalar esa yetarli quvvat ishlab chiqarishi uchun katta-katta maydonlarda o’rnatilishi kerak.
Tadqiqotchilar hozirgacha 2,3 million uglerod birikmalarini o’rganib chiqdi. Shundan 35 mingtasi 10 foizli samaradorlik talabiga javob berishi mumkin.
“35 ming molekulaning hammasi ham biz istagan natijani beradi demayapmiz. Shunday potential borligini qayd etayapmiz, xolos. Buni yana o’rganish kerak”, - deydi Garvard olimi.
Birikmalarni obdon tahlil qilish uchun katta quvvatga ega kompyuterlar zarur. Dunyoning turli burchaklarida yashovchi ko’ngillilar shaxsiy kompyuteridan vaqt ajratib, loyihaga hissa qo’shmoqda.
Alan Aspuruning aytishicha, “IBM” kompaniyasi ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun volontyorlar tarmog’iga ega. Yuz minglab odamlar o’z kompyuterini bepul ijaraga bergandek gap. Biz ham ulardan foydalanyapmiz, deydi u.
Olimlar tadqiqot natijasi kashfiyotlarga turtki beradi degan umidda. Jahon bo’ylab eksperimental laboratoriyalar yangi materiallar yaratish uchun ularning ishidan foydalansa bo’ladi.
Dastlabki natijalar chakki emas. “Toza energiya” proyekti mutaxassislari “DA2T” nomli organik yarimo’tkazgichni kashf qildi. Ilmiy nashrlarda tilga olinganlari ichida bu eng kuchlilaridan.

Quyoshdan energiya olishning arzon yo'llari/Shohruh Hamro