Breaking News

Somalida qonli hujum, bosh vazir muovini jarohatlangan


Mogadishu, Somali, 20-fevral, 2015-yil.
Mogadishu, Somali, 20-fevral, 2015-yil.

Somali rasmiylarining aytishicha, al-Shabab jangarilari poytaxt Mogadishudagi mehmonxonaga hujum qilib, natijada bosh vazir muovini jarohatlangan. Yana kamida 10 kishi o'lgan.

"Amerika Ovozi" muxbirining Mogadishudan xabar berishicha, birinchi portlash mehmonxonada odamlar namozni tamomlaganidan keyin sodir etilgan. Ketidan yana bir portlash yangrab, otishma boshlangan.

Xavfsizlik xizmatidan Qasin Ahmad Roblning so'zlariga ko'ra, portlovchi moddaga to'la mashina mehmonxonaga kiraverishda qoldirib ketilgan.

Poytaxtdagi Markaziy mehmonxonada rasmiylar, qonunchi va vazirlar tez-tez yig'iladi.

O'lganlar orasida Mogadishu hokimining muovini Muhammad Adan Guled bor.

Yaradorlar ro'yxatida bosh vazir o'rinbosari Muhammad Omar Art, Transport va aviatsiya vaziri Ali Ahmad Jama Jangarini ko'rish mumkin.

Al-Shabab hujumlarni amalga oshirganini da'vo qilayapti. Radikal guruh o'lkada hukumat va boshqa binolarni bot-bot portlatib keladi.

Al-Shabab AQShdagi Somali yoshlarini o'ziga og'dirmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:30 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG