Breaking News

BMT: Somalida poliomiyelit virusi tarqalmoqda


Birlashgan Millatlar Tashkiloti Somalida poliomiyelit – falaj kasali tarqalayotganidan xavotirda.

Mamlakatda, ayniqsa, janubda 105 kishida virus aniqlangan. Holbuki, olti yil oldin mamlakat xavfli virusdan xoli zona deya e'lon qilingan edi.

Qo’shni Keniyada bemorlar 10 kishini tashkil etgan.

BMTning bildirishicha, Somali notinch ekani bois emlash ishlari sust kechmoqda va taxminan 600 ming bolaga vaksina yetib bormagan. Gap al-Shabab jangari guruhi nazorati ostidagi markaziy va janubiy viloyatlar haqida ketayapti.

Hafta boshida Chegara bilmas shifokorlar tashkiloti ham xavfsizlikka tahdid sababli Somalidan chiqish rejasini e’lon qilgan edi.

Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining bildirishicha, uch mamlakatda hamon poliomiyelit epidemiyasi xavfi kuchli – Nigeriya, Pokiston va Afg’oniston.

Bu xatarli, shol qiluvchi virus odamdan odamga yuqadi. Sanitariya-gigiyena sharoiti og'ir, yo'qsillik hukmron hududlarda ayniqsa tez tarqaladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG