Breaking News

Janubiy Koreyada karantindagi odamlar mobil ilova orqali nazorat qilinmoqda


Janubiy Koreyada karantinga tushgan odamlar maxsus ilovani uyali telefonlariga yuklashi zarur. Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida hukumat bunday odamlar sog’lig’i va harakatlanishini mana shu ilova orqali nazorat qiladi.

Inchon xalqaro aeroportidan o’tayotgan yo’lovchilar tashqariga chiqishdan oldin virusga tekshirilib, telefoniga mana shu ilovani o’rnatishi shart. Bunga imkoni yo’qlar esa turar-joy manzilini berishi zarur va bu ma’lumot mahalliy hokimiyatlarga uzatiladi.

Karantinga qo’yilgan odam manzilini tark etsa, GPS texnologiyasi orqali ishlovchi ilova signal chalib, maxsus xizmatchilarni xabardor qiladi.

Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi xodimining aytishicha, mart oxirida joriy etilgan 14 kunlik karantindan natija bo’lishi uchun odamlardan hamkorlik talab qilinadi.

Shu kunga qadar bu mamlakatda salkam 10 ming odam yangi koronavirusga chalingan bo’lib, 169 nafari olamdan o’tgan.

Odamlar uyida yoki davlat tibbiy muassasasida izolyatsiya etilishi mumkin. Ba’zilar uyali telefon ilovasi ularning shaxsiy hayotiga daxl qilishini aytsa-da, ko’pchilik bunday chorani qo’llab-quvvatlayapti.

37 yashar uy bekasi Kim Au Limning aytishicha, xalq manfaatlari va xavfsizligi insonlarning shaxsiy hayotidan ustun turishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG