Afrika davlatlari Janubiy Sudan rahbariyati va isyonchi kuchlari bugun sulh imzolashga va 20 oylik fuqarolar urushiga yakun yasashga undamoqda.
Prezident Salva Kiir va uning raqibi, isyonkor Riyek Mashar hozir Addis Abebada, Afrika sharqidagi mamlakatlar vositachilik qilayotgan muzokarada ishtirok etayapti.
Taraflar yakshanba kechqurundan beri gaplashmoqda. Muzokaralarni Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Qo'shma Shtatlar bilan yoqlagan.
Tashkilotchilar orasida Sudan Prezidenti Umar al-Bashir, Uganda rahbari Yoveri Museveni, Efiopiya Bosh vaziri Haylmariam Desalen ham bor.
Janubiy Sudanda 2013-yilda Prezident Kiir o'z Vitse-prezidenti Masharni ishdan haydagan, oradan ko'p o'tmay fuqarolar urushi boshlangan.
Mojaro minglab odamlarni hayotdan olib ketdi, milliondan ziyod fuqaro uyini tashlab qochgan.