Pentagon zo’ravonlik davom etayotgan Janubiy Sudandan fuqarolarini evakuatsiya qilish va AQShga qarashli obyektlarni qo’riqlash uchun 150 harbiyni safarbar qilmoqchi. Ular hozir Djibutida buyruqni kutyapti.
Janubiy Sudanda prezident va vitse-prezident tarafdorlari 15-dekabrdan beri hokimiyat uchun kurashmoqda. Qo’shma Shtatlar bir necha fuqarosini mamlakatdan olib chiqishga muvaffaq bo’lgan.
BMT hisobiga ko’ra, 100 mingga yaqin mahalliy aholi uyini tashlab chiqishga majbur bo’lib, 40 mingdan ziyodi BMT bazalarida jon saqlamoqda.
Bugun BMT Xavfsizlik Kengashida Janubiy Sudanga 5500 tinchlikparvar askarni yuborishga vakolat beruvchi rezolyutsiya loyihasi ovozga qo’yiladi.
Prezident Salva Kiir yozda ishdan olingan o’rinbosari Rik Macharni davlat to’ntarishiga qo’l urganlikda ayblamoqda.
Bugun Bentiu shahrida ommaviy qabr topilgan. BMT vakili taxminicha unda o'tgan hafta bedarak ketgan 75 zobit jasadi ko'milgan.