Kaliforniyaning Los-Anjeles shahrida o’tkazilayotgan maxsus olimpiadada 165 davlatdan sportchilar qatnashmoqda. U dunyo bo’ylab aqlan zaif odamlarga xalqaro musobaqada qatnashish imkonini beradi. Turnir, ayni paytda, yangi do’stlar orttirish vositasi hamdir.
25 sport turi bo’yicha 6500 odam bellashmoqda. Ularning ko’pi professional sportchilardek, deydi irlandiyalik qatnashchining onasi.
“Ajoyib o’yinlar. Hammasi zo’r o’tyapti. Juda yaxshi uyushtirilgan”, - deydi u.
Papua Yangi Gvineyalik ona esa yurtidan olti sportchi qatnashayotganini faxr bilan tilga oladi.
“Yangi, joy, yangi tajriba va sinovlarni ko’ryapmiz. Ajoyib”, - deydi u.
Bu yerda madaniyatlar almashinuvi ham ro’y bermoqda.
Maxsus olimpiadaning sog’lom sportchilari dasturi orqali tibbiy ko’rik, xususan, jismoniy terapeya ham taqdim etilmoqda.
“Ularga ko’zoynaklar, oyoq kiyim va eshitish moslamalari beryapmiz. Maqsad ularning imkoniyatlarini yanada oshirish”, - deydi dastur tashkilotchilaridan biri.
Musobaqalar shahar bo’ylab turli joylarda, xususan, Janubiy Kaliforniya universitetida o’tkaziladi.
“2015-yilgi Maxsus olimpiya o’yinlarida qatnashayotganimdan xursandman. Bu juda sharafli”, - deydi sportchilardan biri.
Musobaqalar yakshanbagacha davom etadi. Ishtirokchilar ayni paytda o’z mahoratlarini ko’rsatish hamda yangi do’stlar orttirish bilan band.