Breaking News

AQSh Senati: Pamela Spratlen O'zbekistonda, Jorj Krol esa Qozog'istonda yangi elchi

Dubay - Dünya Hava Oyunları 2015

Dubay - Dünya Hava Oyunları 2015

Prezident Barak Obama O'zbekistonda elchi lavozimiga Pamela Spratlen nomzodini ko'rsatgan edi. Senat uni tasdiqladi.

Spratlen 2011-yildan beri Qirg'izistonda Amerika elchisi edi. Undan oldin, 2009-2011-yillarda Qo'shma Shtatlarning Ostonadagi elchisi muovini bo'lgan.

Yigirma yildan oshiq diplomatlik tajribasi bor. Rossiyaning Vladivostok shahrida bosh konsul, Moskvadagi elchixonada koordinator vazifalarida faoliyat ko'rsatgan. Davlat departamentida ham yuqori lavozimlarda ishlagan, jumlagan Markaziy Osiyo bilan aloqalarga mas'ul bo'lgan.

Diplomat Velsli kollejida (Wellsley College) bakalavrlik diplomini olgan. AQSh harbiy kollejida (Army War College) ham o'qigan. Kaliforniya universitetidan magistrlik unvoniga ega.

Diplomatlikka kirishdan oldin Kaliforniya qonunchilik idorasida maslahatchi bo'lgan. Spratlen xonim rus, fransuz va ispan tillarini biladi.

Dekabr oyi boshida Toshkentda Amerika-O'zbekiston yillik maslahat kengashi bo'lib o'tadi. Unda AQSh Davlat kotibi muovini Nisha Bisvol va Vashingtondan boshqa yuqori lavozimli rasmiylar ishtirok etadi.

Pamela Spratlen Toshkentda elchi bo'lishga shay - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:20 0:00
Yuklab oling
Ambassador Pamela Spratlen & Senator Tim Kaine (D-VA) US Senate 8-10-14
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:04 0:00
Yuklab oling
Ambassador Pamela Spratlen testifies to be the next US ambassador to Uzbekistan - US Senate - 8-10-14
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:28 0:00
Yuklab oling
Krol O'zbekistondagi faoliyatidan mamnun
Krol O'zbekistondagi faoliyatidan mamnun

2011-yildan beri Toshkentda Jorj Krol elchi edi. Krol, Senat tasdig'iga ko'ra, Qozog'istonga elchi sifatida yo'l oladi.

32 yillik diplomatik tajribaga ega Krol 2011-yilning yozida O'zbekistonga elchi sifatida tayinlanishidan oldin Davlat departamentidan turib, Markaziy Osiyodagi barcha elchixonalar va diplomatik faoliyatni boshqargan. Undan oldin Belarusda elchilik qilgan.

Afg'oniston yuzasidan hamkorlikning yangi pallaga kirishida xizmati katta Krol "Amerika Ovozi" bilan suhbatlarda O'zbekistondagi ishidan mamnun ekanini aytgan. Iqtisodiy va madaniy rishtalarni kengaytirish uchun ham ko'p harakat qilganini aytadi.

Bugunga kelib, hukumat va xalq bilan aloqa har jihatdan siljigan, deya tasvirladi u Senatda iyul oyida so'zlar ekan, lekin oldinda hali ko'p ishlar va dovonlar bor.

Qozog'iston, Vashington nazarida, Markaziy Osiyoning yetakchi davlati. AQSh bizneslari eng ko'p sarmoya kiritgan mamlakat ham shu. Iqtisodiy hamkorlik asosan neft sanoati bilan bog'liq. 2013-yilda orada 2,5 million dollarlik savdo qilingan.

"O’zaro ishonch eng muhimi. Hukumat va xalq bilan aloqa qila olish uchun ishonch kerak",- deydi Krol.

"Bir-birimiz bilan muloqot qila olishimiz, aloqani yo’lga qo’ya olishimiz tub ahamiyatga ega. Diplomatiyaga san’at deb qarasak, uning zaminida mana shu narsa yotadi. Qanday qilib narigi tomonga ta’sir qila olaman? Nima qilmoq kerakki, narigi taraf menga ma’qul bo’lmagan yo’lidan qaytsin? Bunga bir-birimizni so’kish, janjallashish, achchiq so’zlar orqali erisha olmaymiz. Diplomatning vazifasi murakkab holatdan, chigallikdan shirin so’z bilan olib chiqish, toki kamroq zarar yetsin. Diplomatning ishi o’zaro ishonchni shakllantirish, hukumat va xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirish va murosaga erishish."

Diplomatiya va zamon: AQSh elchisi Jorj Krol bilan suhbat - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:14:58 0:00
Yuklab oling
Exclusive interview: US Ambassador to Uzbekistan, George Krol, talks to Navbahor Imamova, VOA Uzbek
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:22:34 0:00
Yuklab oling

• 16x9 Image

Amerika Ovozi

"Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG