Breaking News

AQSh fuqarolarini Sudandan olib chiqishga urinmoqda


Mamlakatlar o’z diplomatlarini notinch Sudandan olib chiqayotgan bir paytda AQSh hukumati bu mamlakatda qolib ketgan fuqarolariga evakuatsiya qilinishini panada kutishni, rasmiy bayonotlarni kuzatishni tavsiya qilmoqda.

Xalqaro hayot - 24-aprel, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:40 0:00

Poytaxt Sudanda armiya va tezkor madad kuchlari o’rtasida qattiq janglar kechmoqda.

Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Sudandan barcha britan diplomatlari chiqarilganini ma’lum qildi. Amerikaning minglab fuqarolari esa mamlakatni tark etolmay xunob.

“Pentagon Xartum va Sudan Porti o’rtasida xavfsiz korridor tashkil etish va odamlarni dengiz orqali evakuatsiya qilish ehtimoli haqida ma’lum qildi”, - deydi iste’fodagi amerikalik polkovnik Stiv Ganyard.

Sudanda qolgan AQSh fuqarolarining aksariyatini gumanitar dasturlar bilan shug’ullanayotgan sudanlik amerikaliklar tashkil etadi, deydi demokrat senator Mark Uorner.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti odamlarni quruqlik orqali evakuatsiya qilishga urinmoqda. Ko’plab xalqaro hamkorlar bilan ishlayapmiz. Yaqin Sharq, yevropaliklar va hatto xitoyliklar bilan. Gumanitar xizmatchilarni xavfsiz yo’l bilan olib chiqish yo’lini topishimiz kerak”, - deydi qonunchi.

Ungacha esa senator bu odamlarga xavfsiz joyda kutishni tavsiya qiladi.

Amerika universitetining huquq fanlari professori Rebekka Gamiltonning aytishicha, xalqaro hamjamiyat Sudanda jang qilayotgan taraflarni sulhga ko’ndirishi zarur.

“Sudan xalqi barcha siyosiy kuchlarni o’z ichiga olgan haqiqiy tinchlik jarayoniga ehtiyoji borligini anchadan beri aytib keladi. Jarayon qiyin, chalkash, uzoq bo’ladi, ammo barqaror demokratiyaga erishish uchun kurashishga arziydi”, - deydi u.

Oddiy xalq mojaro zonalarini tark etishga shoshilar ekan, qochqinlar orasida bolalarning ko’pligi, ichimlik suviga o’tkir ehtiyoj borligi aytilmoqda.

Bugun Fransiya va Germaniya 700 nafar fuqarosini Sudandan olib chiqqanini ma’lum qildi. Xitoy, Italiya, Ispaniya, Livan ham evakuatsiya bilan shug’ullanmoqda. Indoneziya 500 fuqarosini, BMT esa 700 ga yaqin xodimi, nodavlat tashkilotlar xizmatchilari va elchixonalar vakillarini Xartumdan 700 kilometr narida Qizil dengiz bo’yida joylashgan Sudan Porti shahriga olib chiqib, undan nari dengiz orqali evakuatsiya qilmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG