Amerika futbolining bu yilgi oliy musobaqasi "Super Bowl XLIX" o'yinida "New England Patriots" hamda "Seattle Seahawks" jamoalari to'qnashib, unda patriotlar raqib jamoani 28-24 hisobida yengdi va Milliy futbol ligasi chempioniga aylandi. O'yin televideniye orqali jonli namoyish etilib, efir payti 30 soniyalik reklamaning narxi 4,5 million dollarga baholangan.