Jahonda qurg’oqchilik, ochlik xavfi haqidagi xabarlar bot-bot yangrayotgan, AQShda 15 foiz aholi yo’qsil hayot kechirayotgan bir paytda, diniy tashkilot yegulikni isrof qilmay, muhtojlarga yetkazayapti.
Merilend shtatidagi Nasroniy hayot markazida har dushanba yuzdan oshiq odam yig’iladi. Joan Osvald shulardan biri. O’zi va oilasi aprel oyidan beri muhtojlar uchun ajratilgan vaqtincha yotoqda yashaydi:
“Yegulik topolmay qiynaldim. Lekin ruhoniy Slayni uchratganimdan beri, shukur, qornimiz yo’q. Muzlatgichda doim ovqat bor endi. Oilam ham yayrab qoldi”.
Navbatda turganlar non, besh kilodan ziyod oziq-ovqat bilan uyiga qaytadi.
“Hammasi bepul. Shuning uchun ham odamlar navbatda turibdi. Xalqqa osonmas-da. Kelib chiqishidan qat’i nazar ko’plar muhtojlik nimaligini biladi bugun”, - deydi ruhoniy Ben Slay.
U Nasroniy hayot markazi boshlig’i. Bir yarim yil oldin Vashington atrofidagi ehtiyojmand oilalarga har hafta oziq-ovqat ulashishni odat qildi. Har dushanba yuk mashinasini ijaraga olib, Taylor Farms va Coastal Sunbelt Produce nomli ikki kompaniya omboriga boradi va meva-cheva, sabzavotlarni to’ldirib olib qaytadi.
“Haftasiga 9 ming kilogram mahsulot tarqataman. Ba’zida kamroq, besh ming kilo bo’ladi. Bugun har ikki tashkilotdan 18-23 ming kilogram sara mahsulot olishimiz kerak”, - deydi ruhoniy.
U omborlarda katta miqdorda oziq-ovqat isrof bo’layotgani haqida eshitgach, shu xayrli ishni boshlagan. Jeyms Makvorter “Coastal Sunbelt Produce” kompaniyasi vitse-prezidenti:
“Har yili millionlab quti toza, hil-hil meva, sabzavotlar sotamiz. Ba’zida ortib qoladi. Mijozlarimizning talablari juda qat’iy ekanida ham gap. Mahsulot ikki-uch qun omborda qolib ketgan taqdirda ham xarid qilishmaydi. Shuncha yegulik ortib qolganidan keyin uni isrof qilish yaramaydi. Ortib qolgan mahsulot ba’zida og’itga aylanadi, boshqa paytlar tashlab yuboriladi”.
Yaqinda e’lon qilingan rasmiy hisoblarga qaraganda, Qo’shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning taxminan 40 foizi chiqitga aylanadi.
“Ham pulni isrof qilayapmiz, ham tabiatni ifloslayapmiz. Har yili yeyilmagan meva, ovqatga 165 milliard dollar sarflar ekanmiz”, - deydi Bob Kif, rasmiy.
Nasroniy hayot markazida xizmat qilayotgan o’nlab nodavlat tashkilotlar ish silliq kechishini ta’minlayotgan.
“Sabzavotning bozori chaqqon. Non-ku topiladi, ammo meva, ko’katlarni doim ham yemaydi odam. Shukurki, shular bor”, - deydi ko'ngilli.
“Ko’p oilalar arang kun ko’rayapti. Meva-vitaminlar qimmat turadi, harna, shu xarajatni xayriya markazi ko’tarayapti”, - deydi yana bir volontyor.
Ben Slay esa nonni isrof qilmasdan, yo’qsillarga yordam berib ham odam maza qiladi, deydi.