Breaking News

Arab davlatlari Suriyani zulmda ayblab, elchilarini chaqirtirmoqda


Suriya harbiylari tinch aholini o'qqa tutmoqda
Suriya harbiylari tinch aholini o'qqa tutmoqda

Xalqaro hamjamiyat Suriya hukumatining tinch aholiga nisbatan zulmini qoralar ekan, Saudiya Arabistoni, Bahrayn va Quvayt bu mamlakatdagi elchilarini vataniga chaqirtirgan. Saudiya qiroli Abdulla rasmiy Damashqni qon to'kilishlarini to'xtatishga chaqirib, Bu islom dini, qadriyatlari va ahloq normalariga to'g'ri kelmaydi, degan.

Arab Ligasi va olti arab davlatidan iborat Fors ko'rfazi hamkorlik kengashi ham o'xshash bayonotlar chiqargan. Shu kungacha arab dunyosi Suriyadagi voqealar borasida sukut saqlab kelayotgan edi. Quvayt Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad al-Sabah kengashga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari bilan Suriyadagi ahvol muhokama etilishini aytgan.

Bu o'rtada suriyalik faollar va aholiga ko'ra, bugun sharqdagi Dayr-al-Zur shahrida artilleriya ovozlari eshitilgan. Harbiylar og'ir texnika yordamida kechadan beri namoyishchilarni o'qqa tutmoqda. Yakshanba kuni 42 kishining o'lgani haqida xabarlar bor. Armiya shimoldagi Idlib shahrini qurshab olib, unga kirish-chiqish yo'llarini to'sgan.

Prezident Bashar al-Assad bu siyosatini himoya qilar ekan, mamlakat tinchini buzayotgan odamlarni jazolash kerak, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG