Breaking News

Bashar al-Assad: Mojaroni avj oldirayotganlar - chet davlatlar


Damashq, 15-sentabr, 2012
Damashq, 15-sentabr, 2012
BMT va Arab Ligasi maxsus vakili Laxdar Brahimiy bugun Damashqda Suriya rahbari Bashar al-Assad bilan uchrashgan.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 15-sentabr, 2012
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:28 0:00
Yuklab oling


Brahimiy nazarida mamlakatda vaziyat bag’oyat og’ir va qonli olishuvlarni to’xtatish uchun konkret choralar ko’rish payti yetdi.

So’nggi kunlar ichida Damashq va Halab shaharlarida qurolli kuchlar va isyonchilar orasidagi to’qnashuvlar o’nlab insonni hayotdan olib ketgan.

Suriyada ahvol nafaqat Yaqin Sharq balki butun dunyo tinchligiga raxna solmoqda, deydi keksa diplomat.

Bashar al-Assad esa bunga javoban isyonchilar terroristlar, olishuvlar faqatgina ular chet eldan yordam ololmay qolganida to’xtaydi, deydi. Isyonchilar boshqa davlatlardan moliya va qurol-aslaha olmoqda, deydi prezident.

2011-yilning mart oyida boshlangan qo’zg’olon qonli tus olib, ichki urushga turtki berib, bugungacha 20 mingdan oshiq odam halok bo’ldi.

BMT Xavfsizlik Kengashi, global tinchlikni ta’minlash uchun mas’ul oliy organ, masala yuzasidan bir fikrda emas.

G’arb Bashar al-Assadni o’z xalqining qotili deb atasa, Xitoy va Rossiya uni quvvatlashda davom etmoqda. Amerika va uning ittifoqchilari isyonchilarga yordam ko’rsatmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG