Breaking News

BMT Bosh kotibi Suriya hukumati va muxolifatini koyidi


BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Inson huquqlari kengashi sessiyasida so'zlamoqda, Jeneva, 10-sentabr, 2012-yil.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Inson huquqlari kengashi sessiyasida so'zlamoqda, Jeneva, 10-sentabr, 2012-yil.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Suriyada muloqotdan ko’ra zo’ravonlikni afzal ko’rib, bir-biriga qarshi urushayotgan hukumat va isyonchi guruhlarni tanqid qildi.

BMT Inson huquqlari kengashining Jenevada ish boshlagan uch haftalik sessiyasi ochilishida nutq so’zlagan bosh kotib Xavfsizlik Kengashini Suriya mojarosi bo’yicha bir to’xtamga kelmaganlikda koyigan.

“Hukumat kuchlarining aholi punktlarini havodan o’qqa tutishidan, gumanitar vaziyatning yomonlashayotganidan, mazhablararo ziddiyatlar kuchayayotganidan tashvishdamiz”, - dedi Pan Gi Mun sessiya ishtirokchilariga qarata.

Bosh kotib rasmiy Damashq va boshqa davlatlarni BMT va Arab Ligasining Suriya bo’yicha maxsus vakili Laxdar Braximiy tavsiya va ko’rsatmalariga quloq solishga chaqirdi.
Braximiy bugun Qohirada Misr va Arab Ligasi rasmiylari bilan uchrashgan. Xususan, Misr prezidenti Muhammad Mursiy va liga bosh kotibi Nabil al-Arabiy bilan.

Braximiy “menga yuklangan vazifa qiyin, ammo Suriya xalqidan yordamimni ayay olmayman” dedi. Maxsus vakil yaqin 1-2 kun ichida Damashqda bo’lishi kutilmoqda.

Bu o’rtada suriyalik faollar bergan ma’lumotga ko’ra, hukumat kuchlari Halab shahrini havodan nishonga olib, kamida besh kishini o’ldirgan. Poytaxt va janubdagi Dar’o shaharlarida ham otishmalar kuzatilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG