Suriya poytaxti Damashqdagi masjidda bomba portlab, 5 zobit halok bo’ldi. Shaharda armiya va isyonchilar o’rtasida janglar davom etar ekan, ikki mahallada o’nlab jasadlar topilgani haqida xabar tarqaldi.
Suriya davlat televideniyening yoritishicha, portlash namozxonlar Rukniya masjidini tark etayotgan payt ro’y bergan. Aynan kim nishonga olingani aniq emas.
Britaniyada joylashgan huquq markaziga ko’ra, Damashqning Kazaz tumanida ham otishmalar davom etayapti, Suriya xavfsizlik idoralari aynan shu yerda joylashgan.
Faollarning aytishicha, poytaxtning Zamalka va Qatana mahallalarida 48 jasad topilgan.
Bu orada, Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasi Suriyaga minglab qochqinlarga insonparvarlik yordami yetkazish va qamoqxonalarni ko’zdan kechirishga ruxsat so’ramoqda. Prezident Assaddan ijobiy javob oldik, deydi tashkilot xodimlari.
Madadga muhtoj odamlar soni 2,5 millionga yetar ekan, bugun Yevropa Ittifoqi ular uchun yana 76 million dollar ajratishini e’lon qildi. Mablag’ asosan palatkalar hamda dori-darmonga sarflanadi.
Prezident Assadning eng yaqin ittifoqchisi Rossiya Suriya borasidagi pozitsiyasini o’zgartirmoqchi emas. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, G’arb Assaddan qutulish uchun al-Qoida singari jangari guruhlarga tayanmoqda.
Rossiya Suriyani qurol bilan ta’minlab keladi. Iroq hukumati Suriya armiyasiga qurol-aslaha yetkazishda boshqa bir davlatga, Eronga ko’maklashayotgani haqidagi ayblovlarni qat’iyan inkor etmoqda.