Breaking News

BMT rahbari suriyalik bolalar taqdiridan tashvishda


Suriyalik bolalar Iordaniyadagi qochqinlar lagerida
Suriyalik bolalar Iordaniyadagi qochqinlar lagerida
BMT bosh kotibi Pan Gi Munning Xavfsizlik Kengashiga taqdim etgan bayonotida aytilishicha, Suriya mojarosidan eng ko’p bolalar zarar ko’rmoqda. Ayrim hollarda bolalarning hukumat kuchlari tomonidan hibsga olinib, qiynoqqa solingani aytiladi. Son-sanoqsiz bola nobud bo’lgan, ta’lim va tibbiy yordamdan ayrilgan.

Hisobotga ko’ra, isyonchilar bolalarni askarlikka tayyorlab, ulardan janglarda foydalanmoqda, ba’zi hollarda esa bolalarning ommaviy ravishda qatl etilgani ma’lum.

Pan Gi Mun mojaro suriyalik yosh avlod ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatayotganini aytib, bolalar qo’lidan o’z oila a’zolarining o’ldirilgani va yaralangani haqidagi holatlarni ham tilga oldi.

Bu o’rtada AQSh davlat kotibi Jon Kerri Suriya hukumatini isyonchilar qo’lidagi Halab shahrini bombardimon qilishga buyruq bergani uchun tanqid qilmoqda. Mahalliy faollarga ko’ra, o’tgan hafta shaharda o’nlab odam o’lgan.

Kerriga ko’ra, Assad ma’muriyati vahshiy usullar bilan o’z mamlakatini barbod qilmoqda.

"Jenevada xalqaro hamjamiyat mojaroga yechim topishga harakat qilayotgan bir paytda hukumatning bu ishi tinchlik muzokaralariga pand bermoqda", - deydi Kerri.

Hukumat va muxolifat vakillari o’rtasida bir hafta davom etgan muloqotning birinchi davrasi natijasiz yakunlandi. Jarayon 10-fevral kuni davom ettiriladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG