Breaking News

Suriyadagi mojaro mazhablararo urushga aylanmoqda



"Amerika Ovozi" xabarlari, 10-avgust, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:56 0:00
Yuklab oling

SURIYA

Inson huquqlari faollarining bayon qilishicha, Suriya g’arbida hukumat kuchlari olib borgan havo hujumlari 20 kishini o’ldirgan.

Suriyadagi mojaro bugun mazhablararo urushga aylanmoqda. Muxolif jangarilarning aksariyati sunniy, prezident Bashar al-Assad tarafdorlarining ko’pchiligi esa alaviylar, ya’ni shia mazhabidagi kichik doira vakillari.

Bu orada Amerika va Rossiya diplomatlari Suriyada tinchlik muzokaralari boshlansin deya undamoqda, ammo bu ikki davlatning o’zi masala yuzasidan bir fikrda emas.

Moskva Assadni quvvatlashda davom etmoqda, Vashington esa muxolifatni. Bir paytning o’zida ular BMT boshchilidagi siyosiy yechim topish kerak deb ham bong urmoqda.

AQSH ELCHIXONALARI

11-avgustdan AQSh Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikada o’tgan bir necha kundan beri yopiq turgan elchixona va vakolatxonalarini qayta ochadi. Faqatgina Pokistonning Lohur shahridagi konsullik, terror tahdidi hamon yuqori ekani tufayli, hozircha ishini boshlamaydi. Yaman poytaxti SanOdagi elchixona hamon yopiq.

MISR

Misr-Isroil chegara hududlaridan turib faoliyat olib boradigan jangari guruh yahudiy davlatni uning a’zolarini qirayotganlikda ayblamoqda.

Ansar Bayt al-Maqdis nomi bilan tanilgan to’da Misr shimolidagi Sinay vodiysida asoslangan. Internetda e’lon qilingan bayonotda jangarilar “Isroil uchuvchisiz samolyotlari orqali bizni nishonga olmoqda” deydi. Misr hukumat bu borada og’iz ochmayapti.

“Amerika Ovozi” ning mintaqadagi muxbirlarining xabar berishicha, ikki davlat jangarilarga qarshi birgalikda chora ko’ra boshlagan bo’lishi mumkin. Qohiradagi muvaqqat rahbarlar nazarida jangari kuchlar mamlakat tinchligini buzmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG