Breaking News

Yevropa Ittifoqi Suriya muxolifatiga qurol bermaydi


Ozod Suriya armiyasi jangchilari
Ozod Suriya armiyasi jangchilari
Bugun Suriyada xalq isyon ko’targaniga ikki yil to’layapti. Bu orada Yevropa Ittifoqi rasmiylari Bryusselda uchrashib, Suriya muxolifatiga qurol bermaslikka qaror qilgan.

O’q-dori, qurollar oqimi butun mintaqa tinchini buzib yuborishi mumkin, deydi rasmiylar. Ittifoq qo’ygan embargo hozirda isyonchilarni qurol-aslaha bilan ta’minlashni taqiqlaydi. Embargoning amal qilish muddati may oyida tugashi kerak.

Fransiya Britaniya bilan birga suriyalik qo’zg’olonchi kuchlarni o’q-dori bilan ta’minlash masalasini muhokama qilishga tayyor ekanini aytib kelayotgan edi. Yevropa Ittifoqi xavotiri shundan iboratki, chetdan yordam ektremist, terrochi kuchlar qo’liga tushib qolishi mumkin.

Qo’shma Shtatlar o’tgan oy oppozitsiyaga qiymati 60 million dollarga teng insonparvarlik yordami va noharbiy mudofaa vositalari jo’natishga qaror qilgan edi.

Bu orada, inson huquqlari bo’yicha Xalqaro Amnistiya tashkiloti Suriyada ham armiya, ham isyonchilar harbiy jinoyatlar sodir etayotgani haqida ogohlantirayapti. Har ikki tomon mahbuslarni tahqirlab, so’rab-surishtirmay o’ldirishgacha bormoqda, deyiladi tashkilot hisobotida.

Jahon hamjamiyati sustkashlik qilar ekan, Suriyada talofatlar soni oshib borayapti, deydi Xalqaro Amnistiya tashkiloti rasmiysi Ann Xarrison.

Suriyadagi qo’zg’olon 2011-yilning martida Dar’o shahrida boshlangan edi. O’shanbda ko’chalarda hukumatga qarshi shiorlarni yozib chiqqan yoshlar hibsga olingan, norozi aholi tinch namoyishlar o’tkazgan edi. Shundan beri g’alayon fuqaro urushiga aylanib, qariyb 70 ming odam nobud bo’lgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG