Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi Human Rights Watch tashkilotiga ko’ra, Suriya hukumatining isyonchilar va aholiga qarshi man qilingan kassetali bombalar ishlatayotgani haqida dalil bor.
Guruh rasmiy Damashqni xavfli hisoblangan bu qurollarni ishga solishni taqiqlashga chaqirmoqda. Unga ko’ra, o’tgan hafta internetda Suriyaga doir chiqqan videoda bir necha shaharda portlamay qolgan kassetali bombalar tasvirlangan.
Human Rights Watch Suriyada ommabop Al-Jazira va Al-Arabiya axborot telekanallarini aholini bu haqda xabardor qilishga da’vat etgan.
Bu o’rtada Suriya hukumati qo’shni Turkiyaning yo’lovchi samolyotlarini o’z hududidan o’tishini taqiqlamoqda. Bu rasmiy Anqaraning Suriya yo’lovchi samolyotlarini Turkiya sarhadlariga kirishini man etuvchi chorasiga javobdir.
Turkiya Suriya bilan 900 kilometrlik chegarani tanklar yordamida nazorat qilishga kirishib, Suriyadan o’q otilsa, qarshi hujum qilishi haqida ogohlantirdi.