Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti inspektorlari Suriya arsenalini ro’yxatga olish va yo’q qilish uchun mamlakatga borgan. Ma’lumotlarga ko’ra, Suriya tasarrufida ming tonnacha bir necha turdagi zaharli gazlar bor.
Ularni yo’q qilish 2014-yil o’rtasigacha rejalangan. Bu juda qimmat va murakkab missiya ekani aytilmoqda. Ayniqsa, bu ishni hali ham fuqarolik urushi ketayotgan mamlakatda amalga oshirish oson bo’lmaydi.
Inspektorlar 1-noyabrgacha Damashqqa kimyoviy qurollar ishlab chiqarishni to’xtatishda yordam beradi. Ekspertlar bu ishni BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi doirasida amalga oshirmoqda. Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Muallimning aytishicha, Damashq rezolyutsiya talablarini 100 foiz bajarishga tayyor.
Bu o'rtada BMT Xavfsizlik Kengashi Suriyada inson huquqlari ahvolidan tashvish bildirmoqda. Avstraliyaning BMTdagi elchisi Geri Fransis Kvinlenning aytishicha, kengash a’zolari Suriya hukumatidan mamlakatga gumanitar yordam kiritishga ruxsat berishni talab qilishi lozim. Kvinlen kengashning vaqtinchalik prezidenti vazifasini o’tamoqda.
Suriya hukumati hozircha 12 xalqaro tashkilotga mamlakatda faoliyat yuritishga ruxsat bergan. BMTga ko’ra, ayrim qishloq va shaharlarga fuqarolik urushi sabab gumanitar yordam yetkazilmayapti. Harbiylar o’rnatgan nazorat punktlari bunga g’ov bo’lmoqda.
Suriyalik qochqinlarga vaqtinchalik boshpana berayotgan qo’shni davlatlar xalqaro hamjamiyatdan ular uchun qo’shimcha pul ajratishni so’ramoqda.
Iordaniya, Turkiya va Iroq tashqi ishlar vazirlariga ko’ra, qochqinlarni boqish qimmatga tushmoqda, bu mamlakatlar moliyaviy yordam olmasa, mintaqada vaziyat beqarorlashishi mumkin.
Suriya mojarosi ikki yarim yil oldin boshlanganidan beri 2,1 million fuqaro qochishga majbur bo’lgan.