Suriya hukumati xalqaro tinchlik muzokalarida qatnashayotgan muxolifatchilarning yaqinlarini hibsga olgan.
Davlat departamenti bu xabardan afsusda va prezident Bashar al-Assad ma’muriyatini asossiz qamalgan fuqarolarni darhol qo’yib yuborishga chaqirdi.
Suriya oppozitsiyasi vakilining qarindoshi Mahmud Sabra o’tgan hafta Damashq yaqinida ushlanib, hozir qamoqda qolayotgani aytiladi.
Jenevada Suriya tinchligi yuzasidan xalqaro anjuman hanuz natija bergani yo’q. Lekin Davlat kotibi Jon Kerri tushkunlikka berilmang, deydi.
Vyetnam urushini tugatish borasida tinchlik muzokaralariga to’rt yil, Bosniya mojarosini hal qilish bo’yicha muloqotga uch yil ketgan, deydi Jon Kerri.
Suriya urushi uch yildan oshiq davom etayapti. Ixtilof 100 mingdan ziyod odamning hayotiga zomin bo’lgan. To’qqiz million fuqaro uysiz, sarson yurishga majbur.