Breaking News

Braximiy Suriya xalqidan kechirim so’radi


Halab, Suriya
Halab, Suriya
Suriya bo’yicha Jenevada o’tgan muzokaraning navbatdagi davrasi natijasiz tugadi. BMT va Arab Ligasi elchisi Laxdar Braximiy buning uchun Suriya xalqidan kechirim so’radi.

Bu yurt ahli muloqotda qonli urushdan chiqish yo’li topiladi, deya umid qilgan edi, deydi Braximiy.

Diplomat bugun ham Suriya hukumati va muxolifati bilan ko’rishayapti.

Oppozitsiya muvaqqat hukumat tuzishni va unga Bashar al-Assadni yo’latmaslikni so’rayapti. Hukumat esa asosiy diqqatni terrorizmga qarshi kurashga qaratmoqchi. Assad ma’muriyati isyonchilarni terrorchi deb ta’riflaydi.

Amerika prezidenti Barak Obama Suriyada diplomatik yechim bilan chiqish zaruratini eslatadi. Assad hukumatiga bosimni oshirishda davom etamiz, deydi Oq uy rahbari.

Suriyada kechagi portlash 29 odamni hayotdan olib ketgan. BMT hisob-kitobiga qaraganda, urush 136 ming fuqaroning hayotiga zomin bo’lgan va millionlab odamlar uyini tashlab qochgan.

Suriya masalasi - US/Syria
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:35 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG