Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, uning BMTdagi vakillari Xavfsizlik Kengashida Suriyaga doir ikki rezolyutsiya loyihasi ustida ishlamoqda.
Birinchi hujjat hududga gumanitar yordam yetkazishga qaratilgan, ikkinchisida esa terrorga qarshi kurash haqida gapiriladi. Suriya hukumatiga ko’ra, armiya terrorchilar bilan olishmoqda.
"Olingan ma’lumotlarga qaraganda Suriyada harakatlanayotgan terrorchi guruhlar ko’paymoqda. Biz bundan xavotirdamiz", - dedi Lavrov.
Kecha Rossiya G’arb va arab davlatlari tayyorlagan rezolyutsiya loyihasiga qarshi chiqqan. Unga ko’ra, hujjatda harbiy kuch ishlatilishi tilga olinadi va Rossiya uni qo’llab-quvvatlamaydi.
Bugun BMTning Suriya bo’yicha maxsus vakili Laxdar Braximiy Suriya tinchlik anjumani tashkilotchilari AQSh va Rossiya diplomatlari bilan uchrashib, jarayon qanday kechayotgani va uni jadallashtirish uchun nima qilish kerakligi xususida fikr almashgan.
Suriya hukumati va muxolifati vakillari Jenevada muzokara qilmoqda, biroq biror kelishuv haqida gapirishga hali erta.
Braximiy Rossiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Gennadiy Gatilov va AQSh davlat kotibi o’rinbosari Vendi Sherman bilan muloqot qilgan.
Britaniyadan turib mamlakatdagi vaziyatni yoritayotgan suriyalik huquq himoyachilariga ko’ra, isyonchilar qo’lidagi Halab shahri kecha havodan nishonga olinib, kamida 51 odam o’lgan.