Breaking News

Suriya hukumat sulhni nazorat etuvchi organ tuzadimi?


Muxolifat so'zlovchisi Luay Safiy (o'ngda) va vakili Abdul Hamid Stayfo Jenevada, 11-fevral, 2014-yil
Muxolifat so'zlovchisi Luay Safiy (o'ngda) va vakili Abdul Hamid Stayfo Jenevada, 11-fevral, 2014-yil
Shveysariyaning Jeneva shahrida Suriya hukumati va muxolifati vakillari o’rtasida muzokara davom etmoqda.

Ertaga esa vositachi rolini bajarayotgan BMTning Suriya bo’yicha maxsus elchisi Laxdar Braximiy muloqot tashkilotchilari bilan majlis o’tkazadi. Braximiy AQSh davlat kotibi o’rinbosari Vendi Sherman va Rossiya tashqi ishlar vaziri muovini Gennadiy Gatilov bilan uchrashishi kutilmoqda.

Gatilovning aytishicha, Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashida Suriyaga gumanitar yordam yetkazishga doir rezolyutsiya loyihasini qo’llab-quvvatlamasligini bildirdi. Hujjatda Suriyaga qarshi harbiy zarba berish uchun zamin hozirlangan, deydi rasmiy.

Prezident Obamaning aytishicha, kengashning boshqa a’zolari loyihani qo’llab-quvvatlaydi.

"Davlat kotibi Kerri va boshqalar Rossiyadan bu masalada to’g’anoq bo’lmaslikni so’ragan. Agar ular Suriya xalqining farovonligi haqida o’ylasa, aholining ochlikdan o’lishini istamasa, loyihaga veto qo’yishmaydi", - dedi Obama.

Hujjatda gumanitar yordamning yetkazilishiga to’siq qo’yganlar sanksiyaga tortilishi aytiladi.

Obamaga ko’ra, Suriya mojarosiga harbiy yechim yo’q, ammo vaziyat yomonlashishda davom etaversa, Qo’shma Shtatlar boshqa choralarni ham o’ylashga majbur bo’ladi.

AQSh razvedkasi rahbari Jeyms Klapperning Senat Razvedka qo’mitasidagi tinglovda aytishicha, uning hisobicha Jeneva muzokaralaridan ijobiy natija kutmaslik kerak.

Muxolifat hukumatga sulh imzolab, uning ijrosini nazorat etish uchun muvaqqat davlat organi tuzishni taklif etgan. BMT ham tomonlar sulhga qanday rioya qilayotganini kuzatadi.

Muxolifat so’zlovchisi Luay Safiyning aytishicha, hukumatdan bu taklifga javob hali olingani yo’q.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG