Suriyada kecha juma namozidan keyin 15 kishi o’ldirilgan. Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun shunday qildi, deydi guvohlar.
Lekin qo’zg’olon bugun butun mamlakatni qamrab olgan. Shimoli-g’arbiy Jabal al-Zaviya viloyati, janubiy Diraa va markaziy Hama viloyatlarida namoyishlar ketidan namoyishlar. Kecha o’lganlar ham asosan shu joylardan.
Prezident Bashar al-Assadga qarshi qozg’olon boshlanganiga yetti oy bo’layapti. 2300 ga yaqin odamning yostig’i quridi.
Bashar al-Assad uning hokimiyatdan ketishini talab qilayotganlarni “terrorist va xalq dushmanlari” deb ataydi.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun va ko’plab davlatlarning rahbarlari nazarida Suriyada hokimiyat yangilanishi, Bashar al-Assad ketishi kerak.