Breaking News

Suriya birlashgan muxolifati o'ziga rahbar tayinladi


Maat al-Xatib Suriyadagi muxolif guruhlar tomonidan tuzilgan birlashgan koalitsiyaning yangi rahbari, 11-noyabr, 2012-yil.
Maat al-Xatib Suriyadagi muxolif guruhlar tomonidan tuzilgan birlashgan koalitsiyaning yangi rahbari, 11-noyabr, 2012-yil.
Suriyadagi turli muxolif guruhlar to'rt kunlik muzokaralardan so’ng yagona koalitsiya tuzishga kelishib oldi. Arab Ligasi rahbariyati guruh yetakchilari bilan mamlakatdagi ahvolni muhokama qilmoqchi.

Liga Bosh kotibi Nabil al-Arabi bugun Qohirada tashkilotga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuv oldidan BMTning Suriya bo’yicha maxsus vakili Laxdar Braximiy bilan gaplashgan.

Qatarda o’tgan muzokaralar yakunida suriyalik muxolifatchilar mo’tadil diniy arbob Maat al-Xatibni koalitsiyaga rahbar, tadbirkor Riyod Sayf va Suhayr al-Attasini unga o’rinbosar etib tayinlagan. Attasi ayol kishi bo’lib, muxolifat ayollar taqdiriga ham befarq emasligini namoyish etmoqchi.

Shu kungacha muxolifat prezident Bashar al-Assad hukumatiga qarshi tarqoq holda kurashib kelayotgan edi. AQSh Davlat departamenti yangi kelishuvdan mamnun, “muxolif koalitsiyani qo’llab-quvvatlaymiz” deyiladi idora bayonotida.

Isyonchilar Assad hukumati bilan muloqotga qarshi, uning batamom ketishini istaydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG