Breaking News

Britaniya Suriyadagi qurolli isyonchilar bilan bevosita muzokara boshladi


Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron Iordaniyada suriyalik qochqinlar shaharlarini ko'zdan kechirdi.
Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron Iordaniyada suriyalik qochqinlar shaharlarini ko'zdan kechirdi.
Britaniya Suriyadagi qurolli isyonchi guruhlar bilan bevosiya muzokaraga kirishgan.

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:30:00 0:00
Yuklab oling

Mojaroga yechim topish yo’lida shunga qaror qildik, biroq Britaniya hech kimga harbiy madad uzatmaydi, deyiladi Bosh vazir Deyvid Kameron bayonotida.

Kameron Iordaniyada suriyalik qochqinlar mahallalarini ko’zdan kechirmoqda.

Suriya muxolif guruhlari shu hafta Qatarda yig’ilib, prezident Bashar al-Assadga muqobil kuch bo’lib birlashish, yangi hukumat tuzish haqida gaplashayapti.

Faollarning aytishicha, kechagi janglarda o’lganlar 150 kishini tashkil etgan.

Damashq va Halab ayniqsa qattiq talofat ko’rgan.

O’lganlar orasida parlament spikeri Jihad Lahamning inisi Muhammad Laham ham bor.

Suriyada o’tgan yilning bahoridan beri qo’zg’olon va urush taxminan 36 ming odamni hayotdan olib ketgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG