Breaking News

AQSh suriyalik jabrdiydalarga qo'shimcha yordam ajratmoqda


Suriyadan aholi qochishda davom etmoqda, Atma qishlog'i, 10-noyabr, 2012-yil.
Suriyadan aholi qochishda davom etmoqda, Atma qishlog'i, 10-noyabr, 2012-yil.
Qo’shma Shtatlar Suriya mojarosida jabr ko’rganlar uchun 30 million dollarga teng qo’shimcha insonparvarlik yordami ajratishga qaror qildi.

AQSh Davlat kotibi Xillari Klintonning aytishicha, Turkiya, Livan, Iordaniya va Iroqda jon saqlayotgan suriyaliklar va mamlakatda qolgan odamlar oziq-ovqat bilan ta’minlanadi. Klinton, shuningdek, yangi tashkil etilgan muxolif koalitsiyani dadil harakatlarga chaqirgan.

"Muxolifat Suriya xalqi vakili sifatida o’zini Assad rejimi va xalqaro hamjamiyatga tanitishi kerak", - dedi Klinton.

Oy oxirida Tokioda “Suriya do’stlari” deb nomlangan guruhning beshinchi majlisi bo’ladi. Guruhga 70 dan ziyod davlatlar va xalqaro tashkilotlar a’zo. Suriya birlashgan muxolifatiga o’zini xalqaro hamjamiyatga tanitish uchun yaxshi imkoniyat.

Dushanba kuni olti arab davlatidan iborat Fors ko’rfazi hamkorlik kengashi, kecha esa Fransiya koalitsiyani rasman tan olgan.

AQSh Davlat departamenti so’zlovchisi Mark Toner muxolifatning birlashganini olqishlagan, ammo tan olishdan oldin koalitsiya ishini qanday yuritishini ko’rmoqchimiz, dedi.

AQSh va Yevropa Ittifoqi yaqin paytgacha Suriya muxolifatini tarqoqlikda va harakatlarining uyushmaganligida ayblab, uni qurollantirishdan bosh tortib kelayotgan edi. Yana bir xavotir shuki, G’arb davlatlari qurollarning Suriyada so’nggi paytda faollashgan islomiy jangari guruhlari qo’liga tushishini istamaydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG