Breaking News

Suriya tinchlik anjumani iyulga qoldirildi


Bashar al-Assadga xayrixoh kuchlar vakili
Bashar al-Assadga xayrixoh kuchlar vakili
AQSh, Rossiya va BMT Suriyaga doir xalqaro tinchlik konferensiyasini kelasi oyga qoldirib, tomonlar diplomatik yechim bilan chiqishga hali tayyor emas, demoqda.

Vashingtondagi tahlilchilarning so’zlariga ko’ra, taraflar anjumanga kimni taklif qilish masalasida bir to’xtamga kela olmayapti.

Bu orada, uch hafta tinmagan janglar ketidan Suriya hukumati Qusayr shahrini isyonchilardan tortib olgan. Livan bilan chegaradosh bu shahar Bashar al-Assad ma’muriyatiga muxolifat bilan muzokarada ustunlik beradi.

Suriya armiyasi Isroil bilan chegarada, Go’lan tepaligidagi o’tish punkti ustidan nazoratni qayta qo’lga olgan.

Bir necha soat oldin hudud isyonchilarga o’tgani haqida xabarlar paydo bo’lgan edi. Guvohlarning aytishicha, o’tish punktida shiddatli olishuvlar ro’y bergan.

Go’lan tepaligidagi bu manzil bir necha o’n yildan beri BMT tinchlikparvarlari tomonidan qo’riqlanadi.

Suriyadagi to’qnashuv qo’shni davlatlarga ham tarqalar ekan, Avstriya hukumati tinchlikparvar missiyada ortiq qatnashmoqchi emas. BMTning bu hududda xizmat qilayotgan ming askaridan 380 nafari avstriyaliklar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG