Breaking News

Ozod Suriya armiyasi tarqalib ketishi mumkin, deydi ayrim isyonchilar


People film a shower of cherry blossoms at a park in Tokyo, Japan.
People film a shower of cherry blossoms at a park in Tokyo, Japan.

Suriya armiyasining Rossiya havo kuchlari yordamida mamlakat shimolida amalga oshirgan hujumi natijasida minglab aholi jon saqlash maqsadida hududni tark etmoqda, Turkiya chegarasi tomon yurmoqda, deya ma'lum qiladi Prezident Bashar Assadga qarshi kurashayotgan isyonchilar va uning tanqidchilari. Hujum al-Qoidaga aloqador guruhlar va "Islomiy davlat"ga qo'l kelayotgani ham aytilmoqda.

Muxolifat faollaridan biri Bassam Quvaytiyning aytishicha, bu G'arb tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgan Ozod Suriya armiyasining tarqalishiga olib kelishi mumkin.

"Uning mo'tadil a'zolaridan ayrimlari hukumat kuchlariga qo'shilishga, qolganlari butunlay tarqalishga yoki Jabhat al-Nusra yohud Ahror ash-Sham kabi islomiy guruhlarga kirishga majbur bo'ladi. Boshqa yo'l yo'q", - deydi Quvaytiy.

Al-Qoidaga aloqador Al-Nusra fronti va Ahror ash-Sham Jaysh al-Fatah nomi bilan ittifoq tuzgan va umumiy tashkilotga birlashish xususida muzokara qilmoqda.

So'nggi kunlarda hukumat kuchlari Halabning bir qismini nazoratga olgan isyonchilar uchun ta'minot yo'llari sifatida xizmat qilayotgan bir necha qishloqni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Isyonchilarning ma'lum qilishicha, hukumat kuchlariga Livanning Hizbulloh harakati, Afg'onistondan shia jangarilar va Eron Inqilobiy gvardiyasi jangchilari yordam bermoqda.

AQSh rasmiylariga ko'ra, Rossiya maxsus kuchlari ham Halab atrofida yashirincha faoliyat olib bormoqda. Biroq isyonchilar rus harbiylariga yo'liqmaganini, hatto Suriya armiyasi zobitlari bilan ham olishmayotganini aytadi.

"Biz, asosan, eronliklar, afg'onlar va Hizbulloh bilan jang qilyapmiz", - deydi Jaish al-Mujohiddin ishonchi guruhining uch ming sonli qo'shini vakili Zakariya Malohefji.

Isyonchilar ilg'or qurollarga ehtiyoji borligini aytadi.

Rossiya kurd qurolli kuchlariga ham havodan yordam bermoqda. Bu esa qo'shni Turkiyani asabiylashtirmoqda.

Suriyalik isyonchilar kurdlarni ikkiyuzlamachilikda, AQShdan qurol olib, Suriya hukumatiga xizmat qilayotganlikda ayblamoqda. Qo'shma Shtatlar nazarida kurd bo'linmalari "Islomiy davlat"ga qarshi eng samarali kurashayotgan kuchdir. Kurdlar isyonchilar ayblovlarini inkor etib, Rossiya havo zarbalari, asosan, islomiy jangari guruhlarga qarashi qaratilganini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG