Breaking News

Suriya mojarosi turli guruhlarga qo’l kelmoqda


Suriyaga qarshi ehtimoliy hujum oqibatida mintaqada turli guruhlar o’rtasidagi nifoq va ziddiyatlar qalqib chiqdi.
Suriya mojarosi turli guruhlarga qo’l kelmoqda/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:35 0:00
Yuklab oling

Prezident Bashar al-Assad ag’darilishini yoqlayotgan va unga madad ko’rsatayotgan tomonlar bilvosita bir-biriga qarshi chiqmoqda.

Suriya rahbarining ogohlantirishicha, AQSh uning davlatiga hujum qilsa mintaqaviy urush boshlanib ketadi.

Qaysidir ma’noda, deydi tahlilchilar, bunday urush allaqachon avjida.

Siyosatshunos Kristian Donat deydiki, Bashar al-Assadni ko’rolmaydigan Saudiya Arabistonidan tortib, uni yoqlayotgan Erongacha, barcha urushdan raqibini yengish uchun foydalanmoqda.

“Saudiya Arabistoni, masalan, Eronning jilovini tortib qo’ymoqchi. Eron esa Suriyadagi isyon sabab qo’shni Livanga yo’llar yopilishidan qo’rqadi. Ma’lumki, Tehron Hizbulloh guruhining homiysi”, - deydi Donat.

Suriyaning qo’shnilari AQSh havo hujumidan asl maqsad nima deb so’ramoqda. Assadni jinoyatlari uchun jazolashmi yoki uni hokimiyatdan ag’darishmi?

Siyosatshunos Mustafo Labbad so’zlariga ko’ra, Eron juda ehtiyotkor.

“Amerikaliklar Assadga qanday zarba berishiga qarab, Tehron o’ch olishga qaror qilishi mumkin. Bunda Hizbulloh yordamidan foydalansa ham ajabmas. Hizbulloh aralashsa, Isroil ham mojaroga qo’shilishi turgan gap. Yahudiy davlati Eronni o’qqa tutadimi deb qo’rqaman”, - deydi u.

Isroilning xavotirlari asosan Eron yadro dasturi bilan bog’liq, Suriya bilan emas. Lekin, deydi professor Donat, Isroilga bahona bersangiz bo’lgani.

“Yahudiy davlati bir necha yildan buyon Eronga raketa yog’dirish rejasi borligi haqida bong uradi. Ularni bu yo’ldan qaytishga ko’ndirgan – Obama ma’muriyati. Vashington bizdan yordam kutmang, deb uqtirgan ittifoqchisiga”, - deydi ekspert.

Mustafo Labbadga ko’ra, Vashington Oman sultonligi vositachiligida Eronga pozitsiyasini ma’lum qilib kelmoqda. Ya’ni, maqsad prezident Assadni ag’darish emas.

“… parda ortida AQSh va Eron o’rtasida Suriya borasida shunday maxfiy muloqot bor, bu aniq”, - deydi u.

Ekspert fikricha, hozircha regiondagi davlatlar AQSh harbiy operatsiyasi cheklangan bo’lishini chamalab harakat qilmoqda. Agar bu faraz xato bo’lsa, oqibatlarini bilish qiyin, deydi Labbad.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG